modul. Fanning umumiy mohiyati. Ma’ruza Mavzu: Kirish. “Materialshunoslik” fanining maqsadi va vazifalari


-rasm. Temir metallurgiyasining boshlanrich davridagi er o’chog’ining tuzilishi


Download 36.38 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi36.38 Kb.
#1497093
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Maruza (1)

1.1-rasm. Temir metallurgiyasining boshlanrich davridagi er o’chog’ining tuzilishi.

Odamlar avvaliga undan qanday foydalanishni bilmadilar, keyinroq undan er qoliplarda oddiy shaklli quymalar olgan bo’lsalarda, uning mo’rtligi undan foydalanishni keskin chekladi. Temir ish­lab chiqarishni oshirish va uning sifatini yaxshilash borasidagi iz­lanishlar natijasida 1780 yilda Angliyada kichik alangali pechlar yordamida cho’yandan po’lat olishga erishildi.


Darhaqiqat, 1855-1856 yillarda ingliz metallurgi G.Bes­semer tomonidan yangi, takomillashgan usul yaratildi.

1.2-rasm. Konvertorning shemasi:

  1. havo qutisi; 2- konvertorning og’zi; 3- ichi kovak tsapfa; 3'- tsapfa; 4- shesternya; 5- reyka.

Bunda havo kislorodi cho’yandagi temirni, keyin Si, Mn, P… larni oksidlay boradi. Natijada suyuq metall temperaturasi deyarli ko’tariladi va hosil bo’layotgan oksidlar (SiO2, MnO, P2O5, FeO) ning o’zaro birikishidan shlak hosil bo’la boradi. Cho’yan temperaturasi zarur darajaga ko’tarilgach, undagi uglerod oksidlana boshlaydi. Qotishma kutilgan tarkibga kelgach, konvertorga haydalayotgan havo bosimini pasaytirish bilan birga u gorizontal holatga o’tkazilib, undagi suyuq po’lat kovshga chiqariladi.
4. Metall va uning qotishmalarini ishlab chikarish usullari va ularning mashinasozlikdagi o’rni. Ma’lumki, tabiatda sof holda uchrovchi metallardan boshqa barcha metallar turli birikmalar (oksidlar, sul’fidlar, fosfidlar va boshqalar) tarkibida bo’lib, ularda anchagina begona qo’shimchalar (SiO2 Al2O3 CaO va boshqalar) ham bo’ladi. Bu birikmalar ma’danlar deyiladi. Agar metallurgiya korxonalarida bu ma’danlardan metallar ishlab chiqarishda foydalanilsa, ularni rudalar deyiladi.
Sanoatda rudalardan xili, xususiyati va begona birikmalardan tozalik darajasiga ko’ra metallarni ajratib olishda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:
1. Pirometallurgik usul — bu usul keng tarqalgan bo’lib, bunda rudalarni yoqilg’i yoqilgan maxsus pechlarda eritib, ulardan suyuq holda metallar ajratib olinadi. Bunga domnalarda temir rudalardan cho’yanlar olinishi misol bo’ladi.

Download 36.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling