Modul I. Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining maqsadi va vazifalari


Download 37.22 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi37.22 Kb.
#1400097
Bog'liq
1 1 Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish


Modul I. Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining maqsadi va vazifalari
1.1.Ma’ruza. Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Reja:

  1. Fanni о‘rganishning asosiy maqsad va vazifalari.

  2. «Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish» fanining rivojlanish tarixi.

  3. «Metrologiya tо‘g‘risida» gi О‘zbekiston Respublikasi qonuni.



Tayanch sо‘zlar: metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, о‘lchash, antropometrik о‘lchash birliklari.



  1. Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining maqsadi va vazifalari

Inson aql-idroki, zakovati bilan о‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yо‘nalishini olmaylik, albatta о‘lchashlarga, ularning turli usullariga, о‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu о‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona о‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yо‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bо‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qо‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo о‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz о‘rganilgan, izlangan hamda kо‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bо‘lgan birorta yо‘nalish yо‘q.
Ovqatlanish korxonalarini, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish fani talabalarni nazariy bilimlar amaliy ko‘nikmalar, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishi haqida tushuncha berish, standartlashtirish toifalari, me‘yoriy hujjatlar to‘g‘risida tushuncha, sertifikatlashtirish tartiblari, mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi, sifatni boshqarish haqida tushunchalar berishdan iborat.
Metrologiya fan sifatida о‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bо‘lgan qator masalalarni о‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bо‘lib, -о‘lchash, о‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi Umumiy tushunchasini oladigan bо‘lsak, metrologiya-о‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan о‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yо‘nalishini olmaylik, albatta о‘lchashlarga, ularning turli usullariga, о‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu о‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona о‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yо‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bо‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qо‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo о‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz о‘rganilgan, izlangan hamda kо‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bо‘lgan birorta yо‘nalish yо‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalash asoslarini bilish, uni о‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qо‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yо‘nalishlari bitiruvchilari muhim omillardan biri bо‘lib hisoblanadi.
"Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" fani texnika, menejment va marketing sohalari yо‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda о‘tilishi lozim bо‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bо‘yicha zarur va yetarli bо‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
"Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" fanini о‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xо‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bо‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bо‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish" bо‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni о‘lchash va sertifikatlashtirish bо‘yicha fundamental ma’lumotlar о‘rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bо‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baxolash kriteriyasi (kо‘satkichi) bо‘lishi kerak. Agarda xar bir inson о‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baxolash kriteriyasiga munosib ravishda ish kо‘rsa xayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bо‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga kо‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan. Bu sxemani chuqur о‘rganib va taxlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin.

1.2 Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining fanining rivojlanish tarixi


XX asrning ikkinchi yarmida xalq xо‘jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg‘or ilmiy yutu muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan о‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо‘rttasining kengligi; fut- oyoq qlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bо‘lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korhona yoki laboratoriyaga yetib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yо‘llardan о‘tganligini kо‘z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi tо‘la ma’noda zamonaviy axborotli о‘lchash texnikalariga ham tegishlidir.
О‘lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. О‘lchashlarga bо‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning о‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, о‘zining sezgisi va tajribasi asosida о‘lchay boshlagan.
Eng qadimgi о‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillika asoslangan holda kelib chiqqan о‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon-bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо‘rttasining kengligi; fut-oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va kо‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar о‘ta bizga yetib kelgan ba’zi о‘lchov birliklari xozirda ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda "loviya doni ", "nо‘xotcha " ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaxo toshlarning о‘lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og‘irlik birligi qilib qо‘llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida "bug‘doy doni " ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hakozolar
Ba’zi bir tabiiy о‘lchovlar ham uzoq о‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vakt о‘lchovlaridir. Munajjimlarning kо‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerning о‘z о‘qi atrofida tо‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bо‘lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda о‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oraligiga teng bо‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bо‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bо‘lgan "mina suv" oqib ketgan. Keyinchalik mina о‘zgarib, biz о‘rganib qolgan minutga aylandi.
Vaqtlar о‘tishi bilan suv soatlari о‘z о‘rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bо‘shatib berdilar.
Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq "moddiy" о‘lchashlar va о‘lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar.
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning о‘lchamlarini muayyan о‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida о‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi о‘lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. О‘lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib kо‘rsatish mumkin:
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan о‘lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi);
-ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan о‘lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug‘ energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish);
-zamonaviy fan yutuqlarining barchasini о‘lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri obyektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi о‘lchash tizimlarini yaratish bо‘lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir.
Amaliyot juda keng kо‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, kо‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik о‘lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari tо‘g‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bо‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bо‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini о‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari о‘lchab bо‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni о‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg aloqa instituti olimlari hidni о‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qо‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi sо‘zlarini eslab о‘tish о‘rinli bо‘ladi: - «О‘lchash mumkin bо‘lganini о‘lchang, mumkin bо‘lmaganiga esa imkon yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar-о‘lchash о‘zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan о‘lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-rо‘zg‘or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada. avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir.
Ishonch bilan aytish mumkinki, о‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada kо‘plab olimlar о‘lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qо‘shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleyev va boshqalarni alohida kо‘rsatib о‘tish о‘rinli bо‘ladi. Ahmad Farg‘oniyning «Miqyosi Nil», ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida о‘lchash va uning natijasiga kо‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri tо‘g‘risidagi ma’lumotlari, Ulug‘bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy о‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va о‘lchashlar uchun maxsus asbob - uskunalar yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lumotlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir.
О‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yо‘nalishlar bilan birgalikda informatsion-о‘lchash, ya’ni о‘zida asosiy informatsiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (о‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bо‘ldi. Qо‘yilgan muammolarning, ularni yechish usullari va olingan natijalarning har xilligidan qat’iy nazar, informatsiya olish mobaynida asosiy о‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish kо‘zda tutiladi.
Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak quyidagi, muxim bosqichlarni keltirishimiz mumkin.
- 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1metr yer meridiani uzunligining 1x 10-7 ga teng qilib olinganligi);
- 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi. (Bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bо‘lib metr о‘lchov birligiga asos soladi);
- 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleyev tomonidan о‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi;
- 1931 yilda Leningrad shaxrida о‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi.
- 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim bо‘yicha 1 metr vakumda tо‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri).
- 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakumda 1/299792458 sekunda о‘tgan yо‘liga teng qilib qabul qilinishi.
- 1993 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida О‘zbekiston davlat Standartlash metrologiya va sertifikatsiya markazi (О‘zdavstandart) tashkil etildi.
- 2002 yilda О‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirildi.
Bugungi kunda ham olimlarimiz о‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.


Takrorlash uchun savollar.

  1. «Ovqatlanish korxonalari mahsulotlari va xizmatlarini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish fanining» fanini о‘rganishning tabiiy zarurligi.

  2. «Metrologiya»ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan?

  3. Fanning rivojlanishida о‘ziga xos hissa qо‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

Download 37.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling