Modul maqsadi Bu modul: Stereotiplar, xurofotlar va diskriminatsiyalar biri- biri bilan oʻzaro qanday
Oilalarning ishtirok etishiga xalaqit beruvchi tasavvurlar
Download 2.77 Mb. Pdf ko'rish
|
6 - Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilalarning kuchli tomonlariga asoslangan yondashuv
Oilalarning ishtirok etishiga xalaqit beruvchi tasavvurlar
1. Kommunikatsiyaning yomonligi: xizmat nima, nima taklif qilinadi, kimga, nima uchun, qancha vaqt mobaynida va qayerda ekanligi yaxshi tushuntirilmaydi. Bu real xizmatni oila uchun koʻrimsiz qilib koʻrsatadi. 2. Mutaxassislar yomon kommunikativ koʻnikmalarga egadirlar va oilalarga nisbatan haqiqiy boʻlmagan umidlarni olgʻa suradilar. 3. Xizmatni koʻrsatuvchi xodimlar guruhlarning madaniy xususiyatlarini hisobga olmaydilar va aholining turli-tumanligiga eʼtibor qaratmaydilar. 4. Xizmatni koʻrsatuvchi xodimlar bolaning faqat bitta tarbiyachisiga (odatda, onasiga) eʼtiborni jamlaydilar va xizmat koʻrsatish uchun shunday vaqt, shunday joyni tanlaydilarki, bu ota-onaning boshqasi uchun noqulay va muvofiq boʻlmasligi mumkin. 5. Xizmatni koʻrsatuvchi xodimlar ota-onalarni «kasalga chiqaradilar», ularning nazoratidan tashqarida boʻlgan aybni ularga qoʻyadilar. 6. Xizmatni koʻrsatuvchi xodimlar bola parvarishi, transport, tarjimon va/yoki ota-onalar mahalliy hamjamiyatda bir-birlariga koʻrsatadigan qoʻllab-quvvatlash xizmatlariga boʻlgan talab kabi alohida sharoitlarni hisobga olmaydilar. 7. Yordam koʻrsatuvchi xizmatlar mahalliy hamjamiyatlarda potensial foydalanuvchilar guruhlari bilan aloqa qilmaydilar va shuning uchun ham mahalliy hamjamiyatlardagi oilalarning real hayoti haqida kam maʼlumotga egadirlar. 8. Yordam koʻrsatuvchi xizmatlar boshqa xizmatlarga bogʻliq boʻlmagan holda ish olib boradilar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilmaydilar, shuning uchun ham ularga oilalarning talablarini har tomonlama va samarali qondirish qiyin kechadi. Oilalarning kuchli tomonlariga asoslangan yondashuv • Har bir inson, guruh, oila va hamjamiyat kuchli tomonlarga ega. • Jarohat va yomon munosabatda boʻlish, kasallik hamda kurash insonlarni yaralashi, shuningdek, ularni qiyinchiliklarni yengishga ragʻbatlantirishi va imkoniyatlarning manbasi boʻlishi mumkin. • Oʻsish va oʻzgarishlarga boʻlgan imkoniyatining yuqori chegaralarini bilmaslikdan kelib chiqishi lozim. • Hamkorlik qiladigan oilalarga sifatli xizmat koʻrsatilishi shart. • Har bir muhitda resurslar mavjud. • Yaxshi munosabat, gʻamxoʻrlik va kontekst Oilalarning kuchli tomonlariga asoslangan yondashuv quyidagi tamoyillar negizida quriladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling