modul. Oqsilli moddalar – ma’ruza. Oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalar reja
Download 54.65 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Ma\'ruza. Oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Inson oziqlanishida oqsillarni ahamiyati.
2-MODUL. OQSILLI MODDALAR 3 – MA’RUZA. OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALAR Reja: Inson oziqlanishida oqsillarni ahamiyati. Oqsil tanqisligi oqibatlari. O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar va oqsillarni biologik qiymati. Tayanch so‘z va iboralar Oqsillar, aminokislotalar, inson oziqlanishi, azotli balans, oqsillarni me`yori, oqsil tanqisligi, Kvashiorkor kasalligi, biologik qiymat, aminokislotaskori. Oqsillar, ya’ni proteinlar yuqori molekulali azot tutuvchi birikmalar bo‘lib molekulasi aminokislotalardan tashkil topgan. Tabiatda mikroorganizmlardan tortib to insongacha 1,2 milliongayaqin turli organizmlarni tarkibida oqsillarni turlari 1 mlrdan 100 mlrdni tashkil etadi. Oqsillarni bunday turli tumanligi ular tarkibidagi 20 ta α-aminokislotalarni bir biri bilan turli nisbatda va ketma-ketlikda bog‘lanishi natijasida shakllangan. Ularni molekulyar massasi 5 mingdan 1 mln. Daltongacha bo‘ladi. Har bir tirik organizm o‘ziga xos oqsil yig‘indisi bilan farqlanadi va bu oqsil tuzilishi xaqida irsiy belgilar hujayra DNKda kodlangan. Inson oziqlanishida oqsillarni ahamiyati. Oqsillar inson oziqlanishida muhim o‘rinni egallaydi. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti va federal agrosanoat uyushmasi tavsiyasiga ko‘ra insonni 1 kunda oqsilga bo‘lgan talabi 60-100 g ni tashkil etadi. Yoki oziq-ovqat mahsulotini umumiy kalloriyasini 12-15% tashkil etishi kerak.Umumiy energiyani 6-8% hayvon va o‘simlik oqsiliga to‘g‘ri kelishi kerak. Insonni 1 kg vazniga 1 gramm, bolalarni yoshiga qarab 1grammdan 4 grammgacha talab qilinadi. Katta yoshli erkaklar uchun 73-120 gramm, ayollar uchun 60-90 gramm, jumladan hayvon oqsili 43-65 g erkaklar uchun va 43-49 gramm ayollar uchun. Og‘ir infeksion va jarroxlik kasalini, nafas olish, hazm qilish organlari kasallangan insonlar uchun oqsilga bo‘lgan talab 1 kunda 110-120 g, qandli diabet bilan kasallanganlar uchun 135-140 g, buyrak xastaliklar uchun esa 20-40 g tashkil etadi. Hozirgi kunda har bir inson kuniga meyordagi 70 g hayvon oqsilini o‘rniga 60 g iste’mol qilyapti. Er yuzida oqsilga bo‘lgan tanqislik 10-25 mln.tonnani tashkil etadi. Er yuzidagi 6 mlrd. axolini yarmisi oqsil tanqisligini boshidan kechiryapti. Ozuqaviy oqsillarni chorvachilikni rivojlantirish asosida ko‘paytirish o‘simliklarga nisbatan istiqboli kam. Chunki 1 kg hayvon oqsilini (go‘sht, sut tuxum) olish uchun 5-8 kg em oqsilini sarflashga to‘g‘ri keladi. Ushbu muammoni echishda so‘nggi yillarda rivojlanayotgan biotexnologik yo‘nalish - gen injenerligini istiqboli katta. Gen injenerligini moxiyati shundagi har qanday begona organizmni geni boshqa organizmga o‘tkaziladi va yangi foydali organizm olinadi. Gen injenerligi asosida olingan o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar genetik o‘zartirilgan va mahsulotlari transgen oziq-ovqat mahsulotlari deyiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirishni yana bir usuli yuqori hosildor, sovuqqa, suvsizlikka chidamli o‘simliklarni tatbiq etish orqali amalga oshirish mumkin. Genetik modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’molga chiqarish maxsus organlar orqali nazoratdan o‘tkaziladi chunki bu mahsulotlar insonlarga zarari tegmasligi kerak. Download 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling