modul. Oqsilli moddalar – ma’ruza. Oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalar reja


Download 54.65 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi54.65 Kb.
#1610800
1   2
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Oziq-ovqat tarkibidagi aminokislotalar

2. Oqsil tanqisligi oqibatlari.
Oqsil tanqisligi oziqlanishni katta muammosi hisoblanadi. Oqsil tanqisligi har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunday kasalliklardan biri kvashiorkor kasalligidir. Insonlarda kvashiorkor qisman yoki to‘lik och qolganda yoki to‘laqonsiz oqsil mahsulotlari iste’mol qilganda rivojlanadi. Kasallik oshqozon ichak funksiyasini buzilishi bilan kuzatiladi. Chunki oshqozon bezi kerakli miqdorda fermentlarni sintez qilishi sekinlashadi va hujayra shilimshiq qatlami yangilanmaydi.
Organizmda azot balansi, suv-tuz balansi buziladi va organizmni rivojlanishi to‘xtaydi.
O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar va oqsillarni biologik qiymati
Tabiatda aminokislotalarni miqdori 300 ga yaqin. Ular 3 guruhga bo‘linadi:

  1. Oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalar (20 ta).



  1. Oqsil sintezida ishtirok etadigan va boshqa aminokislotalardan hosil bo‘ladigan aminokislotalar.

  2. Erkin aminokislotalar.

Oziqlanish nuqtai nazaridan o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar muhim ahamiyatga ega. Bu aminokislotalar inson organizmida sintez bo‘lmaydi va organizmga ozuqa orqali kirishi kerak.
O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar 8 ta (fenilalanin, triptofan, leysin, valin, izoleysin, lizin, metionin, treonin), qisman o‘rni qoplanadiganlarga 2 ta (argini, gistidin) va to‘liq o‘rni qoplanadigan aminokislotalar 10 ta. Arginin va gistidin yosh o‘sayotgan organizmlar uchun zarur.
Organizmda bironta o‘rni qoplanmaydigan aminokislota etishmasa azotli balans buziladi, markaziy nerv sistemani faoliyati shikaslanadi, rivojlanish to‘xtaydi avitaminoz kasalligiga olib keladi.
1 ta o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarni etishmasligi boshqa aminokislotalarni to‘lik o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
Organizmni faoliyatida o‘rni qoplanmaydigan aminokislotlarga bog‘liqliginin aniqlash uchun oqsillarni biologik qiymati kimyoviy usul bilan belgilanadi. Buning uchun aminokislota skori aniqlanadi.
Skor bu mahsulot tarkibidagi o‘rni qoplanmaydigan aminokislotlarni etalon sifatida qabul qilingan o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarga nisbatan ulushi hisoblanadi.
Uni hisoblashda quyidagi formula ishlatiladi:

1 g. oqsidagi a.k. miqdori, mg.


Aminokislotaskori = ---------------------------------------------- 100
1 g. etalondagi a.k. miqdori

Etalondagi aminokislota miqdori jadvalda keltirilgan.


Insonni kundalik hayotida o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarga bo‘lgan talabiga tavsiya (mg/g oqsil uchun)

O‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar



Xalqaro sog‘liqni saqlash uyushmasi tavsiyasi (1985y.)

Katta yoshdagi insonlar



Inson vazniga nisbatan
mg/kg



2-5 yoshdagi bolalar

10-12 yoshdagi bolalar

O‘smir
bolalar

Izoleysin

28

28

13

40

10

Leysin

66

44

19

70

14

Lizin

58

44

16

55

12

Metionin + sistin

25

22

17

35

13

Fenilalanin + tirozin

63

22

19

60

14

Treonin

34

28

9

40

7

Triptofan

11

9

5

10

3,5

Valin

35

25

13

50

10

Oqsillarni biologik qiymatini aniqlashni boshqa usuli o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalarni indeksini aniqlashga asoslangan (INAK).


Indeks quyidagi formula bilan aniqlanadi:



Bu yerda: p — aminokislotalar soni; b- tekshirilaetgan oqsil tarkibidagi aminokislota miqdori, e — etalon tarkibidagi aminokislota miqdori.


O‘simlik va hayvon oqsili bir biridan biologik qiymati bilan farqlanadi. Hayvon oqsilini aminokislota tarkibi inson oqsili tarkibiga yaqin. Hayvon oqsili to‘laqonli hisoblanadi. O‘simlik oqsili tarkibida lizin, triptofan, treonin va boshqa aminokislotalar go‘sht va tuxum oqsiliga nisbatan kam bo‘lgani uchun to‘laqonli emas.
Bug‘doy oqsili tarkibida lizin va treonin miqdori kam. Lekin bu aminokislotalar sut oqsili kazeinda ko‘p. Kazeinda oltingugurt tutuvchi aminokislota bug‘doy tarkibidagi aminokslota bilan kompensatsiyalash mumkin.
Oqsillarni biologik qiymati aminokislota tarkibidan tashqari ularni hazm bo‘lish darajasi bilan ham belgilanadi. Hazm bo‘lish darajasi fermentlarni faolligiga, osh qazon ichagida gidrolizlanish darajasiga, mahsulotni tayyorlash jarayoniga bog‘liq. Teri oqsili va soch keratinifibrillyar strukturali bo‘lgani uchun inson o‘zlashtirmaydi. Oqsillarga issiqldik bilan ishlov berish, qaynatish, maydalash hazm bo‘lishni tezlashtiradi, yuqori haroratda qizdirish (1000C yuqori) esa kamaytiradi.
Hayvon oqsillari o‘simlik oqsillariga nisbatan yaxshi hazm bo‘ladi. Ichakda hayvon oqsili aminokislotalarini 90% singiydi, o‘simlik oqsili aminokislotalari esa 60-80%. Har xil oqsillarni o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin.
Baliq > sut mahsulotlari > go‘sht> non > yorma
O‘simlik oqsillarni past o‘zlashtirilishiga sabab ularni polisaxaridlar bilan ta’sirlanishi, fermentlarga to‘sqinlik qilishi hisoblanadi.
Mahsulot tarkibida uglevodlar va yog‘lar kam bo‘lganda oqsilga bo‘lgan talab oshadi va organizm o‘ziga kerakli energiyani oqsil hisobidan ta’minlaydi. Hayvon oqsillar ko‘p iste’mol qilinganda esa to‘yingan yog‘ kislotalar miqdori va lipidlarni sintezi oshadi. Bu organizmni semirishga olib keladi.


Takrorlash uchun savollar
1. Insonni oziqlanishida oqsillarni ahamiyati qanday? Azotli balans nima va organizmda qanday ko‘rinishlari bor?
2. Ovqatlanishda oqsillarni meyori qanday va qanday omillarga bog‘liq?
3. Oqsil tanqisligi tavsif bering va echimini topish yo‘llari?
4. Kvashiorkor kasalligi nima va qanday oqibatlarga olib keladi?
5. Oqsilni biologik qiymati tushunchasi nima? Biologik qiymat qanday aniqlanadi?
Download 54.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling