Modul: Turizmni texnikasi va taktikasi Reja: Turizmning asosiy shakllari Piyoda yurish sayohatlari
Download 43.36 Kb.
|
Turizmni texnikasi va taktikasi
Turizmning zamonaviy turlari
Xalqaro miqyosda, shuningdek O'zbekistonda ham hozirgi davr turizmi ishlab chiqarish. Iqtisodiyot sayohatdan yangi sohadagi industriyaga aylanib bormoqda. Sayohatchilarga xizmat qilish, madaniy va moddiy-texnik jihatdan xizmat qilish yo'li bilan sayohat poydevorini mustahkamlashning yangi usullari keng tarqalmoqda. Rossiyadagi Umumrossiya xalq sayohati jamiyati (Vseross.narodnogo turket.obhestva – VNTO) modeli asosida mamlakatda quyidagi turizm faoliyatlari rivoj topmoqda: • Turizm manzaralarining (prostranstvo) kengayishi; • Ijtimoiy turizm va vatanparvarlik (xayriya-ekosan) ekspeditsiyalar «O'zbekiston hammamizning uyimiz»; • Mahalliy (ichki) turizm; • Ma'naviy-ma'rifiy va iqtisodiy shakllanish (haj safarlari); • Ixtisoslashgan va ijtimoiy hamkorliklar; • Tijorat va tadbirkorlik faoliyatlari; • Ijtimoiy fondlar shaxsiy omonatlarni saqlash; Davlat byudjetlaridan voz kechish; • Sayrlar – o'lkashunoslik ishlarini bolalar sayohat stantsiyalari, mahallalarda tashkil qilish; • O'quv ta'tillari va mehnat ta'tillarida sayr-sayohatlar; • Turizm to'g'risidagi qonun va qarorlarni hayotga singdirish; • «O'zbekiston-ekspress» poezdi bilan ekosan-tur xalqaro jamg'armasi, «Kamolot», «qariyalar jamg'armalarining o'lka bo'ylab sayr-sayohatlari; • O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ixtisoslik (kasbiy) turizm kadrlarini tayyorlash; • «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablaridagi sayr-sayohatlarni o'quvchi yoshlar va mehnatkash ommasiga singdirish; • sayohat jihozlari va mehmonxona sharoitlarida ishlatiladigan buyumlar, chinni idish-tovoqlar va texnik vositalarni ishlab chiqish, xarid qilish; • ommaviy madaniy tadbirlar, sport musobaqalari va xorijiy sayyohlarning ishtirokidagi anjumanlarda reklamalar; • O'zbekturizm milliy kompaniyasi, ekosan-tur Xalqaro jamg'arma jamiyatlarining nashr ishlarini ko'paytirish va x.k. Turizmning turlari mamlakatlarning geografik jihatdan joylashishi, iqlim sharoiti, shug'ullanuvchilarga moddiy-texnik ta'minotning yaratilishi va boshqa bir qator sabablarga ko'ra ko'p turlarga bo'linadi. Sobiq Ittifoq davrida deyarli turizmning barcha turlari (piyoda yurish, tog', g'or, qiyalarga osilib chiqish – skalolazanie, sportcha chamalab topish, suv turizmi, avto-moto turizmi va h.k.) yagona sport klassifikatsiyasidan sport turi sifatida o'rin egallagan edi. O'zbekistonda ham mazkur turlar turizmga qiziquvchi iqtidorli yoshlar orasida ancha tarqalgan edi. qozog'iston, qirg'iziston, Rossiya (Oltoy, Sibir, Ural va x.k.), Ukraina, Belorussiya, Kavkaz respublikalari va Boltiqbo'yi mamlakatlarida sport turizmining barcha turlari bo'yicha nufuzli musobaqalar o'tkazish davom etmoqda. O'zbekistondagi turli islohotlar, ba'zi shart-sharoitlar (o'zini-o'zi boshqarish, moddiy-texnik ta'minlash va h.k.) tufayli sport turizmi bo'yicha maxsus tadbirlar, musobaqalar rasmiy ravishda tashkil qilinmayotir.Shu sababdan faqat tog' turizmi, qoyani zabt etish, avto-moto turizmi bilan shug'ullanuvchilargina o'z faoliyatlarini to'xtatgan emas. Xalqaro sport klassifikatsiyasiga kiritilgan turizm turlari quyidagi yo'nalishlar va talablardan iborat. Turizm bo'yicha razryadlar va kategoriyalar qiyinchiligi. Xalqaro yagona sport klassifikatsiyasida turizm mustaqil sport turi hisoblanadi va boshqa sport turlaridagi razryadlar bunda ham mavjud. Bular quyidagilardan iborat: Razryad normalarini qayta bajarish muddati ikki yilga belgilanadi va bunda bir kategoriya yuqori normativni bajarish talab etiladi. Sayohatlar marshrut kvalifikatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan holda uyushtirilgan va belgilangan talablar to'la bajarilgandagina haqiqiy hisoblanadi. Buning uchun: • I kategoriya qiyinchilikdagi sayohatlar haqida yozma hisobot; • II va III kategoriya qiyinchiliklardagi sayohatlar haqida yozma hisobot; IV va V kategoriya qiyinchilikdagi yurish uchun rahbar to'la yozma hisobot topshiradi. Sayohatlar soni
Tegishli marshrut kvalifikatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangach, yuqori organlarga tavsiya etiladi hamda turizm va ekskursiyalar Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. IV, V kategoriyali yurishlarning bir yilda ikki marta o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Razryad va unvonlarni berish qoidasiga ko'ra, I, II, III kategoriya qiyinchilikdagi yurishlarga rahbarlik normasini II, IY, Y kategoriya qiyinchilikda qatnashish yo'li bilan bajarsa bo'ladi. Avtomashina, mototsikllarni bevosita boshqargan kishilargina razryad talabini bajargan hisoblanadi. Dala sharoitida 5 kun tunash sharti bilan 1 marta yurish uyushtirilib, jami masofa 65 km dan kam bo'lmaganda berildadi. 3 kunlik yurishda 30 km masofani bosib o'tish kerak. Sayohatlarning qiyinchilik kategoriyalarini aniqlash belgilari
Download 43.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling