Modul: Turizmni texnikasi va taktikasi Reja: Turizmning asosiy shakllari Piyoda yurish sayohatlari


Sayohatda turistik turmush tadbirlari


Download 43.36 Kb.
bet7/8
Sana28.03.2023
Hajmi43.36 Kb.
#1304277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turizmni texnikasi va taktikasi

Sayohatda turistik turmush tadbirlari
Sayohatchilar marshrut davomida qulay kelgan joylarda to'xtab, dam olib, ovqatlanib, hatto tunab ham ketaveradilar. Shuningdek, zarur bo'lgan paytlarda aholi yashaydigan punktlarda, maktab, kolxoz klubida, joylarda to'xtash, tunash mumkin. Bunday hollarda mahalliy kishilar bilan aloqa bog'lash, o'zaro kelishish zarur. Hovli yoki maktablarda tunaganda davlat mulkini ehtiyot qilish, mahalliy kishilarga yordam berish choralarini ko'rish lozim.
Chodirlarni o'rnatishda mahalliy sharoit, ya'ni daraxtlar, toshlar va hokazolardan unumli foydalanish kerak. Chodirlarni bir-biriga yaqin va qator qilib qurish kerak.
Chodirlarni joylashtirish va uning atrofida o'tirish, ovqatlanish, o'yin tashkil qilish, gulxan yoqish kabi tadbirlarni faqat guruh rahbarining ruhsati yoki ko'rgazmasi bilan bajarish sayohatning mazmunli bo'lishini ta'minlaydi.
Turistlarning gulxan yoqish tajribalari ko'p.Gulxan yoqish usullari xilma-xil. Ular ichida «Kapa» (chayla) usuli keng qo'llaniladi, bunda shoxlar katta-kichik hajmda (30-50 sm) sindirilib, avval kichiklari yondiriladi. Gulxanning yorug'ligi chodirlarga tushishi, o'tishlarning ko'mirsiz bo'lib yonishi uchun yog'ochlar ustma-ust, tikroq holda qalanadi.

Gulxan yoqishning «quduq» usuli ham mavjud. Bunda yog'och va shoxlar kichik g'o'lachalar shaklida (30-40 sm) kesiladi va avvalo, kichik shoxlarni kvadrat shaklida oraliqlarini ochib, ustma-ust qo'yiladi, alanga kuchaygach, yirikroq shoxlar qalanadi. Ana shu usulda yoqilgan gulxan alangasi o'rtadan to'p bo'lib ko'tariladi va atrofni yaxshi yoritadi, hatto gulxan ustida choy qaynatish imkoni ham bo'ladi. «Taygalik» gulxani ko'pincha yirik va uzun shoxlar, bolorlardan yoqiladi (yog'ochlar uzunligi 2-3 m). Bu katta alanga beradi va katta guruhga ovqat tayyorlash, xo'l kiyimlarni quritishga mo'ljallangandir.


«


Sayohatlarda jismoniy tarbiya
Sayr (ekskursiya) jarayonlarida jismoniy tarbiya
Sayorlar (ekskursiya) asosan turli uklovlarda o'tkazilishi tufayli qatnashchilarning faol harakati ma'lum darajada kamayadi, ba'zan esa umuman bo'lmaydi. Shu sababdan sayrlar jarayonida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish, eng qulay usullarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ularni quyidagi shakllarda o'tkazish mumkin:
1. ertalabki gigienik gimnastika mashqlarini mustaqil bajarish yoki guruh shaklida tashkil qilish (rahbar yoki mehmonxona, turbaza xodimi).
2. Sayohat manzillaridan chiqish yoki tomoshalar cho'zilgan paytda usha manzilda gavda harakatlariga (yurish, egilish, burilish, o'tirib-turish, joyda sakrash, nafas olish va chiqarish) doir 4-6 ta mashqlarni bajarish. Bunda mustaqil holatda yoki uyushgan holda (guruh) kishilarning yoshi va jinsiga qarab bajarish zarur bo'ladi.
3. Bo'sh paytlarda xiyobonlar, manzarali joylar, sport inshootlarida yurish, yugurish, sakrash, turli o'yinlar (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton, harakatli o'yinlar, turli estafetalar) va harakatlarni mustaqil yoki uyushgan holda (guruh) bajarish.
4. Sog'lomlashtirish markazlari, turizm maskanlari (baza) va tog'li sharoitlarga olib chiqilganda soylik, tepa-qir va so'lim joylarda yurish, mashqlar bajarish.
Hozirgi davr ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar har bir kishidan o'z sog'ligi uchun kurash olib borishni taqozo etadi. Shu sababdan sayohatda ishtirok etuvchilar va ularni tarbiya mashqlarining majmualari (kompleks) va ularni bajarish yo'llarini bilishlari lozimdir. Shu asosda sayr-sayohatlarda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni kanda qilmaslikka odatlanishlari zarur bo'ladi.



Download 43.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling