Tadbirlari muhammadaliyev Saidjon Baxodirjon o’g’li


Download 24.04 Kb.
Sana08.12.2020
Hajmi24.04 Kb.
#162515
Bog'liq
Muhammadaliyev Saidjon(5 бет)


FARG‘ONA VILOYATINING TURISTIK SALOHIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI
Muhammadaliyev Saidjon Baxodirjon o’g’li,

Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti

(“Turizm faoliyat turlari bo’yicha”) mutaxassisligi

1-bosqich magistratura talabasi
Farg’ona deganda, avvalambor, O’zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg’oniy, Burhoniddin Marg'iloniy kabi allomalarimizning hamda Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy ob'yektlar ro'yxatiga kiritilgan. Aynan boy madaniy-tarixiy merosimiz, mangulikka daxldor ko'hna shaharlarimizdagi noyob me'moriy obidalar O'zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi.Farg'onaviloyatida ham mazkur yo'nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg’ilon, Qo’qon va Farg’ona shaharlari hamda Quva tumani bo'ylab sayyohlik yo’nalishlari tashkil qilinmoqda. Yangi sayyohlik y’nalishlari – Marg’ilonda Burhoniddin Marg'inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonalari, Qo’qon shahridagi O'rda saroyi va unda joylashgan O'lkani o'rganish muzeyi, Jom'e, Kamolqozi masjidlari, Norbo'tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg'ona shahri hamda Quvadagi Ahmad Farg'oniy majmualari bo'ylab uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Milliy hunarmandlik mahsulotlari ko'rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo'l ochmoqda. 

Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlariga oid ko'plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida er meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg'oniy "Miqyosi Nil”, ya'ni suv sathini o'lchaydigan asbob yaratgan.

Bizning davrimizgacha Ahmad Farg'oniyning sakkizta asari yetib kelgan, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari tomonidan hozir ham keng o'rganilmoqda. Olimning "Astronomiya asoslari” asari XII asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va AQSh kabi ko'plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi. Allomaning Yerning sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o'tib isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb "Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O'n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. Misrda, Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg'oniyga haykal o'rnatilgani barchamizga g'urur-iftixor bag'ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga bo'lgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir. YuNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e'tirofi bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan alloma tug'ilib o'sgan Quva shahri va viloyat markazida qomusiy olimga haykal o'rnatildi.

Viloyatda bugungi kunda 15 sayyohlik firmasi faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, yaqin kunlarda yana ikkita ana shunday yangi firma ish boshlash arafasida turibdi. Rishton kulolchilik an'analariga sayyohlarning qiziqishi yildan-yilga ortmoqda. Bu erda tadbirkor G'anisher Nazirov tashabbusi bilan sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko'rsatish maqsadida kulolchilik milliy an'analarini, tarixini o'zida mujassamlashtirgan muzey, mehmonxona majmuasi bunyod etilmoqda. 

O'zbekiston o'zining betakror va xushmanzara tabiati, qadimiy va boy madaniy merosi bilan xorijlik sayyohlarni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu yurtimizda ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi. Farg'ona viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sayyohlarning tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqarishi, go'zallikdan bahra olishi, nabotot va hayvonot olamining nodir namunalari bilan tanishishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Go'zal va betakror tabiat, noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar ekoturizmni jadal rivojlantirishda muhim omil bo'lmoqda. Ekoturizmni rivojlantirishda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va tarixiy, me'moriy va arxeologik yodgorliklarni hisobga olish, ularni muhofaza qilish alohida ahamiyatga ega. Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan maxsus rejaga ko'ra, 100 dan ortiq hudud va ob'ekt tanlab olinib, cho'l, adir va tog' mintaqalarining o'ziga xos geohududlari o'rganildi. "Sirdaryo daryosi to'qayzorlari” sayyohlik yo'nalishi shulardan biridir. Daryoning chap sohilidagi 58 kilometrga cho'zilgan to'qayzorlarni o'z ichiga olgan mazkur yo'nalish rang-barang o'simlik va hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi. O'z navbatida, bu hududda muhofaza qilinadigan o'rmonlar, Sariqamish ovchilik, Beshariq va Dang'ara baliqchilik xo'jaliklari, Gumxona, Qayroqqum kabi tabiat yodgorliklari mavjud. Sirdaryo sohili va uning orollaridagi o'rmonlar, tabiiy o'rmonlarni qayta tiklash, dorivor o'simliklarni ko'paytirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish xorijlik sayyohlarga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Hududda asalarichilikni rivojlantirish, o'rmonlar va suv havzalaridagi hayvonot dunyosini asrash, noyob baliq turlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, qirg'ovul, to'ng'iz, Buxoro bug'usi, qamish mushugi, olaqo'zon, bo'rsiq, bahra baliq, kurak burun, mo'yli baliqlarni ko'paytirish uchun tabiiy sharoitlar yaratildi. "Markaziy Farg'ona” tabiat yodgorligining umumiy maydoni 142,5 gektar bo'lib, uning 122 gektarini o'rmonlar bilan qoplangan do'ng-marza qumlar, 14 gektarini qamish, oqbosh, yulg'un o'sadigan pastqamliklar, 6,5 gektarini sho'rxok yerlar egallagan. Hududda "Qizil kitob”ga kiritilgan Farg'ona chipor kaltakesagi, Shtraux qurbaqaboshi, echkiemar, tustovuq, to'ng'iz, o'qilon va ko'rmailonlar muhofazaga olingan. Bu erdagi boy o'simlik va hayvonot olamidan ilmiy, o'quv-ma'rifiy, estetik va turizm maqsadlarida unumli foydalanish mumkin. Viloyatning tabiiy suv havzalari bilan bog'liq yodgorliklari, adir geokomplekslaridagi ekoturistik ob'yekt va hududlar ham o'ziga xos. O'zbekiston tumanida 21 buloq, Uchko'prik va Rishton tumanlarida 2 buloq, Oltiariq tumanida asriy qayrag'och va sharq chinori, Quva tumanidagi Akbarobod qumlari singari sayyohlik ob'yektlari davlat muhofazasiga olingan. Beshariq, O'zbekiston, Rishton, Oltiariq, Quva va Farg'ona tumanlaridagi adir va tekisliklarda bog'lar barpo etildi. Zilha qumlari, Sariqo'rg'on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g'ori kabi tabiat yodgorliklari ekoturistik ob'ektlar ro'yxatini yanada kengaytiradi. Ekoturizm nafaqat daromad manbai, balki aholi bandligini ta'minlash va turmush darajasini yuksaltirish, asl tabiat ne'matlarini asrash va muhofaza qilishda eng samarali vositadir.

Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun kulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta’minlash, ko‘rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va ularning sifatini oshirish maqsadida hozrgi kunda ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda.Bunga misol qilib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Vahkamasining 2019-yildagi 843-sonli qarororiga muofiq; “Shoximardon” turizmni rivojlantirish direksiyasini (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etildi.Bu qaror viloyatimizda ekoturizmni rivojlantirishga katta turtki bo’ladi degan umiddamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning Farg'ona viloyatidagi hududiy boshqarmasi vakillaridan iborat Ishchi guruh viloyatning turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsion salohiyatini o‘rgandi. Ishchi guruh viloyatning shahar va tumanlarida yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan investitsion loyihalar bilan joylarga borgan holda yaqindan tanishdi. Qo‘qon shahrining hunarmandchilik va turizmni rivojlantirishga doir loyihasi, Quva tumanida joylashgan “Karkidon” suv ombori muhofaza zonasidagi turizm majmuasi loyihasi kabilar shular jumlasidandir. Taʼkidlash joizki, Farg‘ona viloyatida 2020-2021 yillar davomida umumiy qiymati 172 milliard so‘mlik 23 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Shundan umumiy qiymati 113,7 milliard so‘mlik 17 loyihaning joriy yilda ishga tushirilishi 398 yangi ish o‘rnining yaratilishiga olib keladi. Viloyatdagi investitsiya loyihalarining yo‘lga qo‘yilishi natijasida joylashtirish vositalari soni jami 174 tadan 256 taga (5 307 tadan 7 264 ga), shundan, mehmonxonalar 46 tadan 64 taga ko‘payadi (2 109 tadan 3 646 ga), oilaviy mehmon uylari soni 116 tadan 186 tagacha (805 dan 1 015 ta o‘ringa yetadi) oshadi. 



 
Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling