H to'Xtaboy romannavis shoir va bolalar yozuvchisi reja
Download 25.94 Kb.
|
H.TO\'XTABOY ROMANNAVIS SHOIR VA BOLALAR YOZUVCHISI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi Toʻxtaboyev
H.TO'XTABOY ROMANNAVIS SHOIR VA BOLALAR YOZUVCHISI Reja: Bolalar yozuvchisi Hudoyberdi to'xtaboy H.to'xtaboy romannavis shoir va bolalar yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1932-yil 17-dekabr, Oʻzbekiston tumani — 2021-yil 21-mart[1]) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 1962), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—1970) gazetasida, „Guliston“ jurnalida (1970—1972), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 1976), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir (1977- 1980), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn XX asr 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bilan Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, 28ta mamlakatida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshda vafot etdi[1]. Shavkat Mirziyoyev yozuvchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan udoyberdi To‘xtaboev (1932.17.12, O‘zbekiston tumani) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo‘qon ped. bilim yurtini (1949), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O‘rta maktabda o‘qituvchi va direktor (1955— 58), «Toshkent haqiqati» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1958—62), «Sovet O‘zbekistoni» (1962—70) gazetasi, «Guliston» jurnalida (1970—72),«Yosh gvardiya» nashriyotida (1972) bo‘lim mudiri va bosh muharrir o‘rinbosari (1974— 76), «Gulxan», «Yosh kuch» jurnallarida bosh muharrir (1977— 80), «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Xudoyberdi To‘xtaboev dastlab jurnalist sifatida tanilgan, fel'etonlar yozgan. Ilk hikoyalar to‘plami — «Shoshqaloq» (1961). «Fel'etondan keyin» (1962), «Sir ochildi» (1963), «Sehrli qalpoqcha» (1964) singari qissalari, «Muhabbat qo‘shig‘i» (1967), «Jonginam, shartingni ayt» (1969), «Konizar yulduzlari» (1978), «Omonboy bn Davronboy sarguzashti» (1974) va boshqa asarlar muallifi. «Sariq devni minib» romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin «Sariq devning o‘limi» (1973), «Besh bolali yigitcha» (1976), «Qasoskorning oltin boshi» (1981), «Yillar va yo‘llar» (1983), «Shirin qovunlar mamlakati» (1986), «Mungli ko‘zlar» (1988), «Jannati odamlar» (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o‘ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalar- bop yo‘sinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Adib o‘zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). 08
-Bolalarga atab yozadigan ijodkorlar kam. Balki bu yo‘nalishda katta gaplarni, katta dardlarni ifodalab bo‘lmas. Siz nima uchun aynan bolalar adabiyotini tanlagansiz? -Bolalarga moslab yozish qiyin, shu sababli bu yo‘nalishni tanlaydiganlar kam deyish uncha to‘g‘ri emas. Bolalarga yozish, uning ruhiga tenglashib olish, bola qalbiga monand biror narsa aytish albatta qiyin. Qarshingizga bir bolani o‘tirg‘izib qo‘yganday, u bilan suhbatlashganday yozish haqiqatan ham murakkabroq. Bugun bolalarga bag‘ishlangan asarlar juda kam, deyarli yo‘q hisobi. 1-2 aprel kunlari bolalar kitobxonligini himoya qilish kuni bo‘ldi. Shu sanada “Sharq ziyokori” kitoblar do‘konida tadbir bo‘lib o‘tdi. Atrofdagilarning e'tiborini bolalar adabiyotiga oid kitoblar terib qo‘yilgan tokchaga qaratdim. Chet el adabiyotidan Jonatan Svift, Janni Rodari, o‘zimizdan Anvar Obidjon, Farhod Musajonlarning kitoblari bor. Aksariyati qayta nashr. Yangilarini izladim, nari borsa uch-to‘rt bet keladigan asarlarni topdim, xolos. Mendan oldin Erkin Malik so‘zga chiqib, bir qancha rasmli kitoblarni ko‘rsatdi. Bog‘dorchilikka oid – ruschadan tarjima, hayvonot olamiga oid – ruschadan tarjima. Xayriyat, Toshkent haqidagi kitob original ekan. Bundoq qaraganda, yangi kitoblar nashr etilayotganga o‘xshaydi. “Gulxan” jurnali yoki “Tong yulduzi” gazetasida uncha-muncha hikoya, qissalar bosilyapti. Lekin bu to‘qqiz million nafar o‘quvchi bola uchun juda oz, juda-juda oz. Salkam o‘n ming o‘rta ta'lim maktabi bor. Ayrim maktablarning kutubxonasiga kirib qolsangiz, lotin alifbosida bosilgan kitoblar kam ekaniga guvoh bo‘lasiz. Shu maktabga qatnayotgan bolalar bilan suhbatlashib ko‘raman. “Qani, o‘g‘lim, bu yil qanaqa kitob o‘qiding?” deb so‘rayman. O‘ylab-o‘ylab, bitta-yarimta ertakni aytadi, bo‘lmasa – yo‘q. Darslikdagi narsalarni o‘qishadi, lekin yaxlit kitoblar ularga yetib bormayapti. Kitoblar ikki ming, uch ming, besh ming nusxada chiqyapti. Bu oldingiga solishtirganda bitta mahallaning kitobi, xolos. Shu ma'noda, bolalarbop asarlar taqchil. Lekin bolalarga yozish qiyin degan gapga qo‘shilmayman. Lev Tolstoyday buyuk yozuvchi bolalar uchun yozgan-ku! G‘afur G‘ulom, Zulfiya kabi shoirlarimiz bolalarga bag‘ishlab she'rlar yozgan. Qiyinligini ular ham bilgan, lekin ichki xohish-istak ularga turtki bergan. Bitta achchiq gapni aytish joiz: bugungi yozuvchilar bolalar oldidagi mas'uliyatni uncha his qilmayapti. Shu o‘sayotgan bolalar ertaga katta yoshdagi kitobxonga aylanadi-ku! O‘qimasdan ulg‘aygan bola katta bo‘lgandan keyin ham o‘qimay qo‘ya qoladi. Yaxshi kitobxonni bolaligidan tayyorlash kerak. Agar gazeta, jurnallar o‘z sahifalaridan bolalar uchun joy ajratsa, ularning ongini, tafakkurini shakllantiradigan asarlarni chop etib borsa, juda xursand bo‘lardim. Hech bir kishi bolalar oldidagi mas'uliyatini unutmasligi kerak. -Bilishimcha, o‘qituvchi bo‘lib ham ishlagansiz. Faoliyatingiz davomida ilojsiz vaziyatlarga ham tushib qolganmisiz? Qahramoningiz Hoshimjonga o‘xshagan bolalar bilan qanday shug‘ullangansiz? -Ikki marta o‘qituvchilik qilganman. Dastlab, Qo‘qon pedagogika bilim yurtini bitirib borib, 1949-50 o‘quv yilida Qayqubod degan qishloqda 1-4-sinflarga dars berganman. Bu birinchi muallimlik davrim edi. Bir qancha qiyinchiliklarga duch keldim. Menga 1-sinfni berib qo‘yishdi. Aslida, bu ishni tajribali o‘qituvchilar olib borishi kerak. Bir-ikkita misol aytib beraman. Bolalarga qattiq gapirib bo‘lmas ekan. O‘sha paytlarda pedagogic Download 25.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling