H to'Xtaboy romannavis shoir va bolalar yozuvchisi reja


Zumradxon VAFOYEVA, buxorolik kutubxonachi


Download 25.94 Kb.
bet2/5
Sana14.02.2023
Hajmi25.94 Kb.
#1197311
1   2   3   4   5
Bog'liq
H.TO\'XTABOY ROMANNAVIS SHOIR VA BOLALAR YOZUVCHISI

Zumradxon VAFOYEVA, buxorolik kutubxonachi:
— Bugun bolalar kitob o‘qimay qo‘ydi, deb javraymiz. Balki, ularni qiziqtiradigan badiiy asarlar kamdir…
— Bugun ruh ehtiyojini televizor, internet orqali qondirishga urinish yuqori. Ota-onalar tirikchilik bilan band: uydagi kutubxonalar g‘arib, bori ham kam o‘qiladi. Eng yomoni — yalpi savodsizlik boshlanmoqda: “x”dan “h”ni, “u”dan “o‘”ni ajratolmaslik ayb sanalmay qoldi.
Yozuvchilar uyushmasining 2013 yilgi hisobot-yig‘ilishida aytildiki, bolalar uchun 3 ta asar yozilibdi. Uchovini bir muqovaga birlashtirsa, chavatiday kitob bo‘ladi. Bolalar ijodkorlari nega kam — tushunmayman. Axir dunyo bolalar adabiyotida ijtimoiy yo‘nalishda, fanlar bo‘yicha, texnika va texnologiyaga oid qiziqarli asarlar yozishmoqda. Biz esa nuqul ertakka yopishib olganmiz. Bugun axborot erasi, globallashuv davri. Kosmos miqyosida fikrlayotgan bolani No‘xotvoyu Pufakxon bilan hayratlantirish imkonsiz. Shaxsan men uchun bugungi qishloq yoshlarining hayoti, kechinmalari qiziq. Lekin bunday asarni hali o‘qiganimiz yo‘q.
Kamoliddin SALIMOV, Boyovut tumani, quruvchi:
— Odam o‘z kasbini sevishi uchun nima qilish kerak?
— Bog‘chadagi tajriba: 20 bolani xonaga qamab, gulning rasmini chiz, desangiz, bolalar aftini bujmaytiradi. Yana bir xonaga esa 20 xil o‘yinchoq qo‘yib bolalarni fikr bilan boshqaring. Aminman, ikkinchi holatda bolalar maktabga bormay kasb tanlaydi. Iste’dodsiz bola yo‘q. Buloqning ko‘z ochishi esa ota-onaga, jamiyatga bog‘liq. Inson kasbidan zavq, moddiy farovonlik topib, o‘zini namoyon eta olsa, hech qachon xor bo‘lmaydi.
Murod MЕLIBOYEV, Mirobod tumani, haydovchi:
— Tunov kuni bashang kiyingan bir boyvachcha yonimdagi kitobni ko‘rib taajjublandi. “Kitobni qo‘limga olsam, uxlab qolaman”, dedi tirja¬yib. Kitob o‘qimasdan ham yashasa bo‘larkan-a?
— Ma’naviyatga talab o‘lmaydi. Shu ehtiyojni ta’minlash usullari o‘zgacha, xolos. Ma’naviyatdan uzoqlashgan odam hayvonlikka yuz buradi.
Ilhom SIROJIDDINOV, nurotalik bog‘bon:
— Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Namoz botir… Barchasi xiyonatdan halok bo‘lgan. Nega xiyonatkorlar doim g‘olib chiqadi?
— Chunki botirlar hamisha oqko‘ngil, samimiy, ishonuvchan bo‘ladi. Qo‘rqoqlar esa hamisha orqadan pichoq sanchadi, ochiqda urishmaydi. Namoz botir ochiq jangda yengilmagan. Biroq uxlab yotganda, yaqin yigitlaridan biri boshiga tosh bilan urib, kallasini kesib topshirgan. Qozilik hujjatlaridan birida uning shunday so‘zlarini yozib olganman: “Nechun keldim bu dunyo¬g‘a — yaxshini bilmasam man, nechun keldim bu dunyog‘a — yaxshilik qilmasam man”. Botirlarning jismi o‘lsa-da, qahramonligi uzoq yashaydi. Botirlarga o‘lim yo‘q.

Download 25.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling