Modul/Fan Sillabusi Navoiyshunoslik


Download 311.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi311.04 Kb.
#1370091
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5. navoiyshunoslik sillabus



 
 
 
Modul/Fan Sillabusi 
Navoiyshunoslik 
60111400 – O‘zbek tili 
va adabiyoti
 

O‘zbek adabiyotini 
o‘qitish metodikasi  
 
 
 
Fan:  
Navoiyshunoslik 
O‘quv fan turi: 
Majburiy 
Fan kodi: 
302N34620 
Yil:  
2023-2024 
Semestr: 

O‘qish shakli: 
Kunduzgi 
Dars shakli va soati: 
120 
Ma’ruza 
20 
Amaliy 
40 
Mustaqil ta’lim 
60 
Kredit miqdori:
 

Baholash shakli: 
Imtihon 
Fan tili: 
O‘zbek 
Fan maqsadi (FM) 
FM 
Fanni o„qitishdan maqsad – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosi 
yuzasidan ta‟lim berish orqali talaba yoshlarda yuksak ma‟naviyat va 
ma‟rifatni tarbiyalash. Navoiy ijodini o„rganish o„zbek mumtoz adabiyoti va 
milliy ma‟naviyatimiz shakllanishi hamda takomili qonuniyatlarini anglash 
yo„lida ochqich vazifasini o„taydi. Yoshlarda sog„lom tafakkur tarzini 
shakllantirish, o„zbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har 
tomonlama bilim hosil qilish, ma‟naviy dunyosi mukammal bo„lishiga 
ko„maklashish ushbu o„quv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi. 
Bilim, ko'nikma va boshqa kompetentsiyalar bo'yicha old shartlar 

Alisher Navoiyning fenomeni, shaxsiyati, hayot yo„li, tafakkur dahosi, 
o„zbek tili va adabiyoti, millat madaniyati rivojiga qo„shgan hissasi, ilmiy va 
ijodiy faoliyati, o„zbek davlatchiligi va ma‟naviyati tarixida tutgan o„rni 
haqida tasavvur va bilimga ega bo„lishi; 

– Navoiy asarlarining o„rganilish tarixi, mazmun-mohiyati, adabiy 
merosining vazn xususiyatlari, janrlar poetikasi, xamsachilik an‟anasi, 
tatabbu, nazira, tavr, muxtara g„azallarning o„ziga xos jihatlari, Navoiy 
ijodida qo„llanilgan qofiya unsurlari, badiiy san‟atlarning hosil bo„lish 
yo„llari, majoz tariqida yozilgan she‟rlarda qo„llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy 
va tasavvufiy istilohlarni sharhlash, badiiy nasr stilistikasi, ramz, timsol va 


obrazlar mohiyatini anglash ko„nikmalariga ega bo„lishi; 

– Navoiy asarlari tili, forsiy merosining badiiyati, ilmiy-filologik, tarixiy, 
irfoniy, diniy-falsafiy asarlarining o„ziga xos jihatlari, ma‟no qatlamlari
o„zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko„rsatgan ta‟siri bilan bog„liq 
masalalarni bilishi, Navoiy asarlarini o„rganish orqali mumtoz adabiyot 
namunalarini to„g„ri tahlil va talqin qila olish malakalariga ega bo„lishi kerak. 

Download 311.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling