«Navoiyshunoslik» fanining 2021/2022-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan sillabusi


Download 79.19 Kb.
bet1/12
Sana20.11.2023
Hajmi79.19 Kb.
#1788079
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
portal.guldu.uz-Navoiyshunoslik


«Navoiyshunoslik» fanining
2021/2022-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
SILLABUSI



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston davlat universiteti

Guliston shahri, IV mavze

Kafedra:

O‘zbek adabiyotshunosligi

“Filologiya” fakulteti

Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

5220000– gumanitar fanlar

5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

Filologiya fanlar nomzodi, dotsent
O.Fayzullayeva





e-mail:

Fayzullayeva2016@yandex.ru





Dars vaqti va joyi:

Bosh bino
424- auditoriya

Kursning davomiyligi:

06.09.2021-20.01.2022

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Seshanba va juma kunlari 9.00 dan 11.00 gacha

Fanga ajratilgan
soatlar

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

90

Ma’ruza:

30

Amaliyot va seminar

60

Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi :

Falsafa, Tarix, Matnshunoslik va Manbashunoslik, Dinshunoslik

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad – 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) Fanni o‘qitishning maqsadi – xalq og‘zaki ijodida so‘z san’atining san’at sifatidagi xususiyatlari mukammal uyg‘unlashganini, unda o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ijtimoiy, maishiy, madaniy hayoti o‘zining badiiy ifodasini topganini, xalqning o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usi aynan og‘zaki ijod zaminida tashkil etishini talabaga anglatish.


Fanning vazifasi Navoiy ijodini o‘rganish O‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz shakllanishi hamda takomili qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich vazifasini o‘taydi. O‘shlarda sog‘lom tafakkur tarzini shakllantirish, O‘zbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har tomonlama bilim hosil qilish, ma’naviy dunyosi mukammal bo‘lishiga ko‘maklashish ushbu o‘quv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun “Navoiyshunoslik” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, fanga doir muammolarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  • Alisher Navoiyning fenomeni, shaxsiyati, hayot yo‘li, tafakkur dahosi, O‘zbek tili va adabiyoti, millat madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy va ijodiy faoliyati, O‘zbek davlatchiligi va ma’naviyati tarixida tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • Navoiy asarlarining o‘rganilish tarixi, mazmun-mohiyati, adabiy merosining vazn xususiyatlari, janrlar poetikasi, xamsachilik an’anasi, tatabbu’, nazira, tavr, muxtara’, g‘azallarning o‘ziga xos jihatlari, Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya unsurlari, badiiy san’atlarning hosil bo‘lish yo‘llari, majoz tariqida yozilgan she’rlarda qo‘llanilgan ilmiy, diniy-asotiriy va tasavvufiy istilohlarni sharhlash, badiiy nasr stilistikasi, ramz, timsol va obrazlar mohiyatini anglash, Navoiy asarlari tili, forsiy merosining badiiyati, ilmiy-filologik, tarixiy, irfoniy, diniy-falsafiy asarlarining o‘zigak xos jihatlari, ma’no qatlamlari, O‘zbek va jahon adabiyotining keyingi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri bilan bog‘liq masalalarni bilishi va amaliyotda ushbu bilimlardan foydalana olishi;

  • Talaba Navoiy asarlarini o‘rganish orqali mumtoz adabiyot namunalarini to‘g‘ri tahlil va talqin qila olish bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 79.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling