Xalq og’zaki ijodi xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi


Download 63.35 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi63.35 Kb.
#1125997
Bog'liq
11. Xalq og’zaki ijodi xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi

Xalq og’zaki ijodi xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi

Qosimova

Mahliyo

Har bir xalqning milliy oʻzligini koʻrsatadigan qadimiy urf-odat va marosimlari, ezgulikni ulugʻlaydigan boqiy anʼanalari boʻladi. Xususan, bizning milliy qadriyatlarimiz ham maʼnaviyatimizning yuksalishiga, millat sifatida shakllanishimizga alohida hissa qoʻshib, asrlar davomida xalqimizga juda katta ruhiy-maʼnaviy quvvat baxsh etib kelgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan bu qadriyatlar tom maʼnoda maʼnaviy boyligimizdir. Dastavval ana shu bebaho tafakkur durdonalarining bugungi maʼnaviy-madaniy taraqqiyotimizda tutgan oʻrni xususida toʻxtalsangiz.

Darhaqiqat, har bir xalqning milliy oʻziga xosligini koʻrsatadigan anʼana va marosimlari, urf-odat va bayramlari bor. Asrlar boʻyi yaratilib, zukko xalqning yuksak ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelgan ana shunday anʼanalar aslida oʻsha millatning oʻzligini, mentalitetini, milliy qiyofasini belgilaydi. Zero, bundan bir necha ming yillar muqaddam Zarautkamar va Sarmishsoy qoyatoshlariga gʻaroyib surat va chizgilarni muhrlab, asrlar davomida koʻngilday poyonsiz vatanimizning barcha soʻlim goʻshalarida “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli” singari buyuk eposlarni kuylab kelgan zukko ajdodlarimiz bamisoli badiiy tafakkur sarchashmasidagi injularga qiyos qilsa arzigulik boy madaniy merosni yaratishgan.

Oʻzbek xalqining paydo boʻlish tarixi qanchalik qadimiy boʻlsa, uning milliy anʼanalari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik uzoq tarixiy ildizga egadir. Ular xalqimizning maʼnaviy ehtiyojlari zamirida juda qadim zamonlardayoq paydo boʻlib, shakllangan va zukko ajdodlarimizning benazir ijodiy salohiyati tufayli asrlar mobaynida sayqallanib kelgan.

Albatta, xalqimiz anʼanalarining goʻzalligi va betakrorligini his etish uchun birgina dehqonchilik madaniyati bilan aloqador urf-odatlar, mavsumiy marosimlar va serhosillik gʻoyasini oʻzida mujassamlashtirgan qadriyatlarni eslashning oʻzi kifoya. Misol uchun, hut yaqinlashishi bilan, “qantar ogʻib, qoziq boshida qor turmay” erib ketadigan davr boshlanganda qish uyqusidan uygʻongan dala-qirlarda, togʻ ungurlarida koʻklam darakchilari ‒ boychechaklar boʻy koʻrsatishi bilanoq xalqimiz anʼanasiga koʻra, “boychechak xabari” marosimi oʻtkazilgan.

Milliy qadriyatlar, anʼanalar zamonlar osha rivojlanib va bu jarayonda turli oʻzgarishlarga uchraganligi, ayrim urf-odat va rasm-rusumlar unutilib, yangilari yaratilib, xalqimizning benazir ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelganligi tabiiy. Lekin hamma davrlarda ham milliy qadriyatlarga munosabat bir xilda boʻlmagan. Masalan, oʻtgan asrning mafkuraviy tazyiqlari oqibatida ming yillar davomida elimizning ezgu damlariga esh boʻlib kelgan ne-ne qadriyatlarimiz qatagʻonga uchramadi deysiz. Mana shu taʼqib va tazyiqlardan hozir biz taʼkidlayotgan milliy anʼanalarimiz qay tariqa omon chiqdi? Yaʼni, anʼanalarimizning barini saqlab qololdikmi? Ayrim udumlarimiz yoki rasm-rusumlar, dilbar qoʻshiqlar unutilib, tarixga aylanmadimi? Bugun-chi, bugun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish jarayonida qaysidir anʼanalarimizni esdan chiqarib qoʻymadikmi?

Xalq ijodi oʻz mohiyatiga koʻra, hamisha yangilanib, yasharib, takomillashib, uzluksiz rivojlanib boradigan jarayon hisoblanadi. Bundan ming yillar burun yaratilib, hozirga qadar hech bir oʻzgarishsiz, “sof holida” yetib kelgan biror marosim yoki folklor asarini topish qiyin. Chunki har bir davr, har bir avlod bobomeros qadriyatlar silsilasiga oʻz badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarish kiritishi tabiiy. Shuning uchun ham biz folklorni doimiy harakatdagi ijod deya taʼriflaymiz.

Oʻzining asriy taraqqiyoti mobaynida xalqimizning milliy qiyofasi timsoliga aylangan udum va marosimlarimiz ham doimiy ravishda yangilanib, toʻlishib, tobora goʻzallashib va boyib kelgan. Ana shunday tarixiy taraqqiyotning qaysidir qatlamlarida ayrim udumlarning unutilishi, siz aytganday “tarixga aylanishi” hodisasi ham roʻy bergan albatta. Hatto xalq ogʻzaki badiiy ijodining janrlar tarkibi ham tarixiy-folkloriy jarayonning izchil taraqqiyoti davomida muttasil takomillashib, baʼzi janrlar yoʻqolib, boshqalari rivojlanishda davom etavergan. Masalan, ulugʻ bobokalonimiz Alisher Navoiy oʻzining “Mezon ul-avzon” asarida oʻsha davr oʻzbek folklorida mavjud boʻlgan janrlar xususida soʻz yuritar ekan,

Xalq ogʻzaki ijodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri – tarbiya vositasi ekanligi bilan belgilanadi. Xalqimiz tomonidan yaratilgan rivoyatlar, masalan, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk bobolarimizning ezgu ishlari haqidagi rivoyatlar, tarixiy qoʻshiqlar, tarixiy dostonlar, maqol va hikmatli soʻzlar orqali yosh avlod dunyoqarashi shakllanadi, tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash anʼanasi kamol topadi, maʼnaviy madaniyat yuksaklikka koʻtariladi. Chunki bu asotirlarda oʻziga xos gʻoya, mafkura yashiringan…

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 63.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling