2.1.7. “Farhod va Shirin” dostoni (2 soat)
Dostonning muxtasar mundarijasi va timsollar olami. Farhod – ilohiy ishq yo‘liga kirgan soliki majzub timsoli. Shirin – ilohiy mazhar. Dostondagi ramziy timsollar. Dostonda tarixiylik va badiiylik. Doston badiiyati.
2.1.8. “Layli va Majnun” dostoni (2 soat)
«Layli va Majnun» – pok va yuksak muhabbat ifodasi. Asardagi bosh qahramonlar hayoti. Dostonning g‘oyaviy mundarijasi, timsollar olami. Majnun – ilohiy ishq yo‘lidagi majzubi solik timsoli. Dostondagi boshqa timsollar. Dostonning badiiy xususiyatlari.
“Sab’ai sayyor” dostoni (2 soat)
Hikoyatlar tahlili. Shoh Bahrom timsoliga xos fazilat va ziddiyatlar. Dilorom –iste'dodli san'atkor, vafodor yor timsoli. Doston kompozitsiyasi. Asarning badiiy xususiyatlari.
“Saddi Iskandariy” dostoni (2 soat)
“Saddi Iskandariy” – falsafiy-ta'limiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy asar. Dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Tarkibiy tuzilishi. Dostonda adolat timsoli.
“Lison ut-tayr” dostoni (2 soat)
«Lisonut tayr» falsafiy-tasavvufiy doston sifatida. Doston tarkibidagi hikoyatlar. Dostonda tasavvuf falsafasi va axloqiga munosabat. Dostonning ramziy timsollari olami. Simurg‘ – najot timsoli.
Navoiyning ilmiy merosi (2 soat)
Tilshunoslik asarlari. «Muhokamatul lug‘atayn»da ikki til mubohasasi. Arabcha izohli lug‘at «Sab'atul abhur» asariga munosabat. Alisher Navoiy – adabiyotshunos. «Majolisu-n-nafois» tazkirasida shoirlar talqini. «Mezonul avzon» aruz nazariyasiga bag‘ishlangan asar. “Mufradot”da muammo janriga doir masalalarning yoritilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |