Seminar mashg‘ulotlari mazmuni
2.3.1. “Hayrat ul-abror” dostonining boblar bo‘yicha tavsifi (2 soat)
«Hayrat ul-abror» dostonining tuzilishi, janr xususiyatlari. Hikoyatlar tahlili.
2.3.2. “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun” dostonlarida bosh qahramonlarning qiyosiy tavsifi
(2 soat) «Farhod va Shirin» dostonida insonparvarlik g‘oyalari, orzu-umidlari Farhod siymosida. “Xamsa” tarkibidagi “Layli va Majnun”da Majnun “munojotnoma”sining o‘ziga xos talqini. Tassavvuf ta’limotining o‘ziga xos jihatlari. Dostonlarda bosh qahramonlarning qiyosiy mutanosibligi.
2.3.3. “Sab’ai sayyor” dostonida hikoyatlar tahlili (2 soat)
“Sab’ai sayyor” dostonidagi hikoyatlar tahlili. “Saddi Iskandariy”da hikoyatlarning o‘ziga xos jihatlari. Ularning badiiy xususiyatlari.
2.3.4. “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar voqeasi va keltirilgan hikoyatlar mutanosibligi. (2 soat)
“Sab’ai sayyor” dostonidagi Iskandar voqeasi va keltirilgan hikoyatlar mutanosibligi. “Saddi Iskandariy”da hikoyatlarning o‘ziga xos jihatlari. Ularning badiiy xususiyatlari.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
“Navoiyshunoslik” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar, tahlil va talqin etadilar; qo‘shimcha adabiyotlar hamda internet saytlaridan foydalanib, referatlar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
Ishchi o‘quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo‘lim va mavzulari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |