«Navoiyshunoslik» fanining 2021/2022-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan sillabusi


Navoiyning diniy va tasavvufiy asarlari (2 soat)


Download 79.19 Kb.
bet6/12
Sana20.11.2023
Hajmi79.19 Kb.
#1788079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
portal.guldu.uz-Navoiyshunoslik

Navoiyning diniy va tasavvufiy asarlari (2 soat)

A.Navoiy va islom dini. Shoir ijodida islomiy ma’rifat talqini. Shoir lirikasi va tasavvuf. Shoirning diniy-tasavvufiy asarlari tahlili.
2.1.14. Navoiyning tarixiy, yodnoma va turli mavzudagi asarlari (2 soat)
A.Navoiy – tarixnavis. Yodnomalar va ularning mundarijasi. «Xamsatul mutahayyirin» asarining mundarijasi. Asarda Jomiy timsoli. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari. Tarixiy shaxslar talqini.


IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
2.2.1. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida (2 soat)
Navoiyshunoslikning paydo bo‘lish omillari. Navoiyshunoslikning ilm sifatida shakllanishi va tarqqiyoti. Mustaqillik davri Navoiyshunosligi. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida.
2.2.2. Navoiy g‘azallarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari (2 soat)
Navoiy lirikasi va g‘azal janri taraqqiyoti. Shoir g‘azallarining mavzu ko‘lami, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari.
2.2.3. Hayratul abror” dostonida maqolat va hikoyatlar (2 soat)
“Hayratul abror” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Tarkibiy tuzilishi, syujet tartibi va kompozitsiyasi, maqolat va hikoyatlar tahlili. Falsafiy va tasavvufiy talqinlar.
2.2.4. “Farhod va Shirin” va “Layli va Majnun”dostonlari. Dostonlardagi yetakchi timsollar tizimi. Tasavvuf masalasi. (2 soat)
Dostonning muxtasar mundarijasi va timsollar olami. Farhod – ilohiy ishq yo‘liga kirgan soliki majzub timsoli. Shirin – ilohiy mazhar. Dostondagi ramziy timsollar. Dostonda tarixiylik va badiiylik. Doston badiiyati. Layli va Majnun» - pok va yuksak muhabbat ifodasi. Undagi bosh qahramonlar hayoti. Dostonning g‘oyaviy mundarijasi, timsollar olami.
2.2.5. “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari. Dostonlar kompozitsiyasi (2 soat)
«Sab’ai sayyor». Shoh Bahrom timsoliga xos fazilat va ziddiyatlar. Dilorom iste’dodli san’atkor, vafodor yor timsoli. Doston kompozitsiyasi. «Saddi Iskandariy» falsafiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy asar. Navoiyning adolat timsoli. Doston kompozitsiyasi.




    1. Download 79.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling