Modulli o'qitish Texnologik karta o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi
Ta'lim texnologiyalari. Texnologik pasport va texnologik xarita tuzish, o’quv jarayonini loyihalash qoidalari
Download 58.63 Kb.
|
Mavzu1
3. Ta'lim texnologiyalari. Texnologik pasport va texnologik xarita tuzish, o’quv jarayonini loyihalash qoidalari.
O’quv jarayonini ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etish va boshqarish turlari: 1. An'anaviy (klassik) ma'ruzali o’qitish (boshqarish ochiq, sochilgan yoki verbal (matnli)); 2. Audiovizual vositalardan foydalanib o’qitish (boshqarish ochiq, sochilgan yoki avtomatlashgan); 3. Konsultatsiya tizimi (boshqarish yakka tartibda va yo'naltirilgan, verbal); 4. Mustaqil ta'limga yo'naltirilgan o’qitish (boshqarish ochiq yoki sochilgan, aloqa vositalari avtomatlashtirilgan va kuchli bog’langan); 5. Kichik guruhlarda o’qitish (boshqarish sochilgan yoki hamkorlik bilan verbal); 6. Komppyuterli o’qitish (boshqaruv sochilgan yoki avtomat-lashtirilgan); 7. “Repetitor” tizimi (boshqarish verbal, sochilgan, individual-yo'naltirilgan); 8. “Dasturlashtirilgan” o’qitish (boshqarish avtomatlashtirilgan holda sochiq); V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o’qituvchi va ta'lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi: berk-(talabalarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati); davriy (nazorat, o'z-o'zini nazorat qilish, o'zaro nazorat); tarqoq - (frontal) yoki yo'nalganlik (individuallik); og’zaki yoki avtomatlar (o’quv vositalari) orqali. V. P. Bespalko texnologiyasi turlari: 1. klassik lektsiya metodida o’qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo'lda); 2. audiovizual texnik vositalarda o’qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan); 3. «Konsultant (maslaqatchilar)» tizimi (berk, yo'naltirilgan, qo'lda); 4. o’quv adabiyotlari yordamida o’qitish (berk, yo'naltirilgan, avtomatlashtirilgan) - mustaqil ish; 5. «Kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo'lda) - guruhlardagi o’qitishning tabaqalashtirilgan usuli; 6. kompyuter o’qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan); 7. «Repetitor» tizimi (davriy, yo'naltirilgan, qo'lda) - individual o’qitish; 8. Dasturlashtirilgan o’qitish (davriy, yo'naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo'yiladi. Download 58.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling