Modulli o'qitish Texnologik karta o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi
Dasturli ta'limning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Dasturli ta'limni vujudga kelish tarixi
Download 58.63 Kb.
|
Mavzu1
4. Dasturli ta'limning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Dasturli ta'limni vujudga kelish tarixi.
Dasturlashtirilgan o’qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo'ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog’liq. U materiallarning o'zlashtiri-lishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. N.Krauder tarmoqlangan dasturni ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga ko'ra ta'lim oluvchilarga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar tavsiya etiladi. G.K.Selevko dasturlashtirilgan o’qitishga quyidagi ta'rifni beradi, ya'ni dasturlashtirilgan o’qitish deganda o’qitish uskunalari (EHM, programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va b.) yordamida programmalash-tirilgan o’quv materialining o'zlashtirilishini boshqarishni tushunadi. Dasturlash-tirilgan o’quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda beriladigan nisbatan katta bo'lmagan o’quv axborotlari («kadrlar», «fayllar», «odimlar») seriyasidan iborat bo'ladi. Dasturlashtirilgan ta'lim o'z mazmuni va tuzilishiga hamda maqsadiga ko'ra juda aniqlashtirilgan maqsadli ta'lim tizimiga o'xshashdir. Bu tizimda ham barcha ish faoliyati oxirgi natijaga qaratilgan bo'lib, kichik-kichik qadamlar bilan o'zlashtirish asos bo'lib xizmat qiladi. Dasturlashtirilgan ta'lim ko’proq talabalarning imkoniyatlarini hisobga olish va individual yondashish yo'nalishiga asos hozirlaydi. Dasturli ta'limning asosiy mazmuni shundan iboratki pedagog butun o’quv materialini bir necha qismlarga bo'lib chiqadi. Bu bilimlar soddadan murakkabga qarab joylashtiriladi. Har bir qism haqida to'la axborot berilgach, ana shu qismni o'zlashtirilganlik darajasi tekshirib boriladi. Barcha talabalar o'zlashtirib olganliklariga ishonch hosil qilishlari bilan, ikkinchi qismga o'tiladi va bu bilimlar ham mukammal o'zlashtirilganligi aniqlangach, o’quv materialini keyingi qismi o'rganiladi. Dasturlashtirilgan ta'limning asosiy vazifasi kichik-kichik qadamlar bilan o’quv materialini talabalarga etkazishdir va bunda o'zlashtirish doimiy monitoring ostida kuzatishdan iborat bo'ladi. Har bir qadamni qay darajada o'zlashtirishni kuzatish o'zining afzalliklariga ega. Bunda talabalar o’quv materialini qaysi qismini chuqur va qaysi qismini zaif o'zlashtirganligi haqidagi ma'lumot ham darhol yuzaga chiqadi. Noaniqliklar va tushunmovchiliklar o'z vaqtida to’g’rilab boriladi. Agar an'anaviy darsda faqat o’quv materialini o'rganib bo'lgandan keyingina mustahkamlashga va tekshirishga e'tibor berilsa, dasturli ta'limda o’quv materialini o'zlashtirish jarayonining hamma bosqichlari nazorat qilib boriladi. Dasturli ta'lim tushunchasi metodikada 60-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Ammo hanuzgacha keng tarqalmagan. Chunki bu metod pedagogdan ko'p mehnat va ijod talab etadi. Ushbu metodni ijobiy tomonlari shundan iboratki, o’quv materialini mantiqiy bo'laklarga ajratilishi bilimlarni tizimli o'zlashtirishga yordam beradi. Har bir bosqichda o'zlashtirishni monitoring qilib borilishi esa har bir talabani o'zlashtirish darajasini tekshirib borish va vaqtida tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Birinchi qismni egallanmay turib, ikkinchi qismga o'tilmaydi. Natijada yangi mavzuni barcha talabalar yaxshi o'zlashtiradilar. Talabaga bo'lgan individual yondashuv yaxshilanadi, chunki bunda har bir talabaning nafaqat bilimi balki o'ziga xos xususiyatlari ham namoyon bo'lib boradi. Talaba shaxsini yaxshiroq o'rganishga imkon tuqiladi. O’qituvchi va talaba o'rtasida uzviy aloqa hosil bo'ladi. Ammo bu metodni o'ziga xos kamchiliklari ham bor. Bu usulni chegaralangan miqdordagi talaba guruhi bilan ishlaganda qo’llash mumkin. O’qituvchidan nazorat va tekshirish ishlarini tuzish talab etiladi. Agar o'rganiladigan mavzu yaxlit marakkab bog’lamli mantiqqa ega bo'lsa, uni bosqichlarga bo'lib o'rganish noo'rin. Bu metod ketma-ket zanjirli bog’lamga ega bo'lgan mavzularda qo’llanilishi yaxshi samara beradi. Bu metod talabada ko’proq esda saqlash, axborotni yodlab olish kabi malakalarini rivojlantiradi. Shuning uchun uni muammoli ta'lim bilan muvofiqlashtirgan holda qo’llash kerak. Muammoli ta'limni ko’proq seminar darslarda o'tkazish, dasturli ta'limdan esa ma'ruzalarda foydalanish qulay. Dasturlashtirilgan ta'limning asosiy vazifasi - kichik-kichik qadamlar bilan o’quv materialini talabalarga etkazish va o'zlashtirish jarayonini doimiy nazorat qilib borishdan iborat. Bunda mavzuni qaysi qismi chuqur va yuzaki o'rganilganligi ma'lum bo'ladi va kamchiliklarni darhol tuzatish imkoni tug’iladi. Bu tushuncha 50-yillardan boshlab, AQSHlik psixolog B. Skinner tomonidan rivojlana boshlangan bo'lsada, hanuzgacha keng tarqalmagan. Uning o'ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlari bor. Dasturlashtirilgan ta'lim nafaqat kompyuter yordamida, balki kompyuter ishtirokisiz ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o’quv jarayoni o'ta aniqlik bilan loyihalanadi. Ammo kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda darsning tashkil etilishi dars samaradorligini yanada oshishiga yordam beradi. Kompyuterda dasturlashtirilgan ta'lim o'zining yuqori imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dasturlar turlicha ko'rinishda tuzilishi mumkin. Download 58.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling