Mog’ilar hukumronligi davrida davlat va huquq reja: Kirish
Download 137 Kb.
|
MOG’ILAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA DAVLAT VA HUQUQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
MOG’ILAR HUKUMRONLIGI DAVRIDA DAVLAT VA HUQUQ REJA: Kirish I Bob Mog’ilar hukumronligi davrida davlat va huquq 1.1 Mo'g'ullar istilosi va Chig'atoy ulusining tashkil topishi. 1.2 Mo'g'ullar hukmronligi davrida O'zbekistonning ijtimoiy tuzumi. II Bob Chig'atoy ulusida hokimiyat va boshqaruvning amalga oshirilishi. 2.1 Huquqdagi o'zgarishlar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mo'g'ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi jarayoni mo'g'ul xoni Temuchin (1155-1227) nomi bilan bog'liq. U mo'g'ullarnigina emas, ular bilan yonma-yon yashabkelayotgan jaloyir, o'yrot, keroit, nayman, qoraxitoy, qirg'iz, uyg'ur, qorliq singari turkiy qabilalami ham o'z qo'li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soldi. Temuchinning ulug' hoqon sifatida mavqeyining mustahkamlanishida 1206-yilda Qoraqurumda chaqirilgan umummo'g'ul qurultoyi alohida o'rin tutdi. Qurultoyda, birinchidan, barcha mo'g'ul urug'-qabilalari hamda ularning qo'l ostida birlashgan boshqa qabila va elatlar yo'lboshchilari jam bo'lgan edi. Anjumanda Temuchinni ulug' xon qilib ko'tarish, unga vujudga kelayotgan birlashgan qudratli harbiy davlatni mustahkamlash, istilochilik urushlari olib borish uchun cheklanmagan vakolatlar beriladi. Shuningdek, qurultoy mo'g'ullarning hukmron tabaqalari - no'yonlar, bahodurlar va tarxonlarga juda katta imtiyozlar berdi, ularning manfaat-qiziqishlarini qonunlashtirdi. Qurultoyda mo'g'ullarning dunyoga hukmron bo'lishdan iborat uzoqqa mo'ljallangan asosiy maqsad va vazifalari ham belgilab olindi. Qurultoyda Temuchin barcha mo'g'ul-tatar xonlarining ulug' xoni (qooni) deb e'lon qilindi va unga Chingizxon laqabi berildi. Chingizxon iborasi mualliflar tomonidan «kuchli», «qudratli», «toza» va hokazo ma'nolarda talqin qilinadi. Qurultoy qabul qilgan «Yaso» hujjati ulug' xon hokimiyatini yanada Wustahkamlash, yangi feodal tabaqa - tarxonlar mavqeyini kuchaytirish, davlatning harbiy qudratini yuksaltirishning muhim qonuniy asoslarini yaratib berdi. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling