Mo‘g‘ullar davlati


Download 1.91 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1059345
Bog'liq
Móg\'ullar. 7- jahon..

Mo‘g‘ullar davlati


7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 36-mavzu

Ijtimoiy tuzum.


Mo‘g‘ul qabilalari qadimdan Janubiy Sibir, Manchjuriya va Mo‘g‘uliston hududlarida yashab kelgan.

Mo‘g‘ullar hayotida qadimgi udumlar, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig‘inish, shomonlik e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan.


Mo‘g‘ullar hayotidan

XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mo‘g‘ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat – mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi.

Urug‘chilik jamoalari alohida ko‘chmanchi xo‘jalik – ayllarga bo‘linib, har bir ayl endilikda o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasiga aylanadi.

Chingizxon davlati.


Mo‘g‘ul qabilalari
orasidagi o‘zaro urushlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon
deb e’lon qilinadi.
Chingizxon

Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Mo‘g‘ullar qo‘shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratishadi.

Mo‘g‘ullar qo‘shini.


Mo‘g‘ ullar turmush tarzi har qanday vaqtda otni egarlab yo‘lga tushishga mos edi. Mo‘g‘ullar ko‘chma uy – o‘tovlarda yashagan.

Mo‘g‘ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan. Jangchilarning ko‘pchiligi nayza va qilich bilan qurollangan.


Mo‘g‘ullar
qo‘shini

Qo’shni mamlakatlarni istilo qilish jarayonida Chingizxon qo‘shini devorni buzishda maxsus moslama – palaxmonlardan foydalanishni yaxshi o‘zlashtirgan.

Asosiy qo‘shindan tashqari Chingizxon ixtiyorida «keshik» deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar holatda turar edi.

Mamlakatning batamom istilo qilinishi uning vorislari davrida tugatiladi.


Chingizxon 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi.

Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yilda boshlangan bosqinlar,


Xorazmshohlar davlatiga 1219–1221-yillardagi bosqinlar bilan davom etadi.

1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari:


Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslarga bo‘lib, taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi

Savol va topshiriqlar

1. Mo‘g‘ul qabilalari yashagan hududlarni yozuvsiz xaritaga tushiring.

2. Mo‘g‘ullarning mashg‘ulotlari nimalardan iborat bo‘lgan?

3. Chingizxon davlati qay tariqa vujudga kelgan?

4. Mo‘g‘ullar qo‘shinining tuzilishini so‘zlab bering.


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling