Mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi


Download 52.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi52.93 Kb.
#1795232
  1   2   3
Bog'liq
Xamitov Jahongir Xamza o’g’li



Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
«Научный импульс» апреля , 2023 
1603 
NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULIDAN BIRI MEDIATSIYANING 
MOHIYATI, SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 
 
Xamitov Jahongir Xamza o’g’li
Toshkent davlat yuridik universitet talabasi 
Annotatsiya:  Mazkur maqola “Nizolarni hal qilishning muqobil usullari” tushunchasi, 
usullari, uning ahamiyati, shakllanish jarayoni muhokama qilinadi. Shu bilan birga 
mediatsiyanig tushunchasi va mohiyatiga atroflicha to'xtalib o'tiladi. Xorijiy davlatlar 
tajribasi oʻrganilib tahlil qilinadi. 
Kalit soʻzlar: nizolarni hal qilishning muqobil usullari, mediatsiya, hakamlik sudi, 
muzokara. 
Аннотация : В данной статье рассматривается понятие «альтернативные 
методы разрешения конфликтов», методы, его значение, а также процесс его 
формирования. При этом будет подробно рассмотрено понятие и сущность 
медиации. Изучается и анализируется опыт зарубежных стран. 
Ключевые слова: альтернативное разрешение споров, посредничество, 
арбитраж, переговоры.
Abstract : This article discusses the concept of "alternative methods of conflict 
resolution", methods, its importance, and the process of its formation. At the same time, 
the concept and essence of mediation will be discussed in detail. The experience of foreign 
countries is studied and analyzed. 
Keywordsalternative dispute resolution, mediation, arbitration, negotiation. 
 
KIRISH 
Nizolarni muqobil hal qilish - bu faqat tomonlar ishtirok etadigan (muzokaralar) 
maxfiylikdan tortib, ochiq sud majlisi xususiyatlariga ega boʻlgan, qaror qabul qilish uchun 
majburiy boʻlgan qaror qabul qilishgacha boʻlgan barcha usullar, vositalar tizimi. Asosiy 
mavzumiz xalqaro nizolarni hal qilishning muqobil usullari ekanligidan kelib chiqib 
aytadigan bo’lsak, xalqaro nizolarni hal qilish uchun sud va arbitrajdan tashqari nizolarni 
hal qilishning boshqa usullari ham qo’llanishi mumkin. Ko’p hollarda majburiy 
hisoblanmagan boshqa usullar arbitraj bilan birlashtirilishi mumkin. Misol uchun, tomonlar 
dastlab o’z nizolarini muzokaralar orqali hal qilishga urinib ko’rishga va u muvaffaqiyatsiz 
bo’lgan taqdirda, mediatsiyaga murojaat qilishga kelishishlari mumkin. Agar bu ham ish 
bermasa, so’ng ular majburiy arbitrajga kirishadilar. Nizolarni hal qilishning boshqa usullari 
maqolamiz mavzusida keltirilgandek nizolarni hal qilishning muqobil usullari deb ham 
ataladi. Lekin, nizolarni muqobil hal qilish atamasi barcha uchun bir xil narsani anglatmaydi. 


Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
«Научный импульс» апреля , 2023 
1604 
Yevropaning aksariyat qismida va boshqa ayrim davlatlarda nizolarni muqobil hal qilish 
deganda sud va arbitrajni ham istisno qiladigan amaliyot tushuniladi.
60
Nizolarni hal qilishning mediatsiya usuli haqida so’z yuritishdan oldin ushbu so’z 
qanday ma’noni va mazkur usul o’zi nimani anglatishini tushinib olishimiz zarur. 
Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” maʼnosini anglatadi. U kelib 
chiqqan nizoni taraflarning oʼzaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi 
asosida, xolis boʼlgan shaxs, yaʼni mediator koʼmagida hal qilish usuli hisoblanadi. 
Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʼzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning 
ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʼmagida hal qilish usuli.
61

Download 52.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling