Mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi
Download 52.93 Kb. Pdf ko'rish
|
Xamitov Jahongir Xamza o’g’li
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nizolarni hal qilishning muqobil usullari tarixdan rivojlanib kelgan usul hisoblanadi. Bu AQSHda birinchi marta murakkab va mashaqqatli rasmiy adolatdan farqli o’laroq (ya’ni sud yoki arbitrajdan) yuzaga kelgan nizolarni hal qilishning moslashuvchan va norasmiy protseduralarga ishora qilish uchun qo’llanila boshlangan. Amerika advokatlar asotsatsiyasi o’z veb- saytida ushbu protseduraga quyidagicha ta’rif beradi: “Nizolarni hal qilish - bu nizo, nizo yoki daʻvoni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan jarayonlar sonini bildiruvchi atama”. 62 Amerikalik huquqshunos professor Frank E. A. Sander keltirishicha “1960- yillar oxiridan boshlab Amerika yuqorida keltirib o’tkanimiz kabi holatga guvoh bo’ldi. Natijada nizolarni hal qilishning muqobil usullariga bo’lgan qiziqish ortib bordi. Nizolarni muqobil hal qilish ichki huquqda ham tashqi kelishuvlarda ham muammolarni tez va samarali yo’llar bilan hal etishga yordam berdi. 1964-yilgi “Fuqarolik huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunda Kongress sudlarga hal qilib boʻlmaydigan irqiy va jamoaviy nizolarni hal qilishga yordam berish uchun Adliya departamentining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmatini tuzdi. Ford jamg’armasi nizolarni muqobil hal qilish mexanizmini o’rganish uchun Nizolarni hal qilish milliy markazi va Mediatsiya va nizolarni hal qilish institutini tashkil etdi.” 63 Shu qatorda aytib o’tishimiz joizki, nizolarni muqobil hal qilishning Mediatsiya usuli alohida ahamiyat kasb etadi. Mediatsiya arbitrajdan farq qiladi, chunki u majburiy emas. Arbitraj instituti arbitraj uchun qoidalar bilan bir qatorda mediatsiya uchun ham qoidalarni taminlaydi. Mediator har bir taraf boshqasining nuqtai nazarini tushunganligiga ishonch hosil qilishga harakat qiladi, har bir taraf bilan alohida uchrashadi va taraflarning o’ziga xos qarashlarini tinglaydi, umumiy manfaatlariga urg’u beradi hamda yechimga kelishda ularga yordam berishga harakat qiladi. Mediatsiya maxfiy harakterga egadir. 60 Margaret L. Mozes Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Uchinchi nashr. / T.: Lesson press, - 38-bet 61 https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1242 - internet sayti. 62 Dispute Resolution Processes // American Bar Association. [Elektronnыy http://www.americanbar.org/groups/dispute_resolution/resources/DisputeResolutionProcesses (data 21.01.2021). 63 See Frank E.A. Sander. Alternative Methods of Dispute Resolution: An Overview. 37 FLA. L. REv. I (1985) Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1605 Odatda, tanlangan qoidalarda mediatsiya (davomida oshkor etilgan holatlar nizoning keyingi bosqichida, yani arbitraj jarayonida yoki sud jarayonida foydalanilmaydi, degan qoida mavjud bo’ladi. Agar qoidalarda bu nazarda tutilmagan bo’lsa, mediatsiya uchun ishlab chiqilmagan hujjatlarda keladigan doiradan tashqari, mediatsiya jarayonida oshkor qilingan har qanday narsani keyingi boskichda qo’llash mumkin emasligi to’grisida yozma ravishdagi kelishuv bo’lishi kerak. Mediatsiya nizoning istalgan vaqtida yuzaga kelishi mumkin. Agar taraflar sud jarayonida yoki arbitrajda kelishishni xohlashlari va biroz yordam kerakligi to’g’risidagi fikrga kelishsa ular mediatorga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek mediatorlardan ba’zan shartnomaning muzokara bosqichida ham muzokaralar boshi berk kuchaga kirganda, biroq har ikki taraf ham aslida kelishuv amalga oshishini istaganda foydalaniladi. Mediatorlar taraflarning manfaatlarini tushunishga va ularni yarashtirishga harakat qilganliklari sababli, mediatsiya ba’zida manfaatga asoslangan protsedura sifatida, arbitraj esa huquqlarga asoslangan protsedura sifatida tilga olinadi. 64 Mediatsiya xalqaro amaliyotda juda samarali bo’lishi bilan qatorda davlatlarning ichki qonunchiligida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Buni mamlakatimiz misolida ham ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n beshinchi yalpi majlisida bir qancha qonunlar qatorida “Mediatsiya to’g’risida”gi qonun ham maqullandi. Ushbu qonunning maqullanishidan maqsad O’zbekistonda nizolarni tartibga solishning muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy sharoitlar yaratish orqali O’zbekiston Respublikasining sud tizimiga tushadigan ish hajmini kamaytirishdan iborat. Mazkur qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda mediatsiya faoliyati to’g’risida atroflicha to’xtalingan. Misol uchun qonunning 4- moddasida quyidagicha tushunchalar keltirilgan: Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli; mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs; mediativ kelishuv — mediatsiyani qo‘llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan e’tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi; mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan so‘ng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvi. 65 64 Margaret L. Mozes Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Uchinchi nashr. / T.: Lesson press, - 39-bett 65 O’zbekiston Respublikasi Qonuni “Mediatsiya to’g’risida” 4- modda Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 «Научный импульс» апреля , 2023 1606 Mazkur tushunchalar qonunda keltirilgan normalarning mohiyatini tushuntirish bilan bir qatorda nizolarni hal qilishning muqobil usulidan biri hisoblangan mediatsiya protsedurasing ayni mohiyatini ochib beradi. Shu bilan bir qatorda aytib o’tish joizki mediatsiya protsedurasi nizolarni hal qilishning oson usuli bo’lgani bilan birga uning o’z prinsiplari va qoidalari mavjud. Bu prinsiplarni “Mediatsiya to’g’risida”gi qonunda ham ko’rishimiz mumkin. Qonunning 6- moddasida quyidagicha keltiriladi: Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Mediatsiya nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida ixtiyoriy ravishda maxfiy protsedura sifatida belgilanishi mumkin. Mediator neytral shaxs sifatida nizoli tomonlar bilan o'z pozisiyalarini aniqlash uchun o'zaro aloqada bo’ladi, shuningdek nizolari o'zaro manfaatli murosaga kelish shartlari bilan hal qilishning eng yaxshi alternativ usullarini tanlashga yordam beradi. Mediator faqat nizo bo'yicha aniq pozisiyasini ishlab chiqishi zarur va tomonlarga nizoni hal qilish bo'yicha o'z qarashlarini tavsiya sifatida taqdim etadi. Ularning vazifasi o'zaro kelishuvdan so'ng tomonlar uchun majburiy bo'lib qolishi mumkin bo'lgan murosali yechimlarni topish hisoblanadi. Mediatsiya shartnomasi nizoli tomonlarning o’zaro roziligi bilan tuziladigan hamda eng qulay va oson yo’li hisoblanadi. AQSh, Buyuk Britaniva, Avstralivada mediatsiya qonuniy ravishda tasdiqlangan va yarim asrdan ko'proq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Keyinchalik esa Germaniya, Fransiya, Belgiya va boshga mamlakatlarda ham keng tarqaldi. Germaniyada mediatsiya adliya tizimiga uyg'un tarzda kiritilgan. Masalan, mediatorlar to'g'ridan-to'g'ri sudlar bilan ish olib boradi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sud jarayonlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Bir nechta nemis huquqshunoslik maktablarida mediatsiya bo'yicha doimiy kurs joriy qilingan. Ushbu davlatlarning qonunchiligi vositachilikni rag'batlantiradi va bir qator mamlakatlarda mediatsiya sudgacha majburiy protsedura hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda mediatsiya protsedurasi mamlakatlarning ichida qanday ahamiyat kasb etishini bir muncha tahlil qildik. Lekin bizning mavzumiz xalqaro doirada davlatlar o’rtasida kelib chiqadigan nizolarda mediatsiya protsedurasining qo’llanishidan kelib chiqib bu holatni ham tahlil qilishimiz zarur. Bunda avvalo BMT ustaviga murojaat etamiz. BMT ustavining 33- moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi sifatida tan olingan. Download 52.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling