Mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi


Download 52.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.11.2023
Hajmi52.93 Kb.
#1795232
1   2   3
Bog'liq
Xamitov Jahongir Xamza o’g’li

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
 Nizolarni hal qilishning muqobil usullari tarixdan rivojlanib kelgan usul hisoblanadi. 
Bu AQSHda birinchi marta murakkab va mashaqqatli rasmiy adolatdan farqli o’laroq (ya’ni 
sud yoki arbitrajdan) yuzaga kelgan nizolarni hal qilishning moslashuvchan va norasmiy 
protseduralarga ishora qilish uchun qo’llanila boshlangan. Amerika advokatlar asotsatsiyasi 
o’z veb- saytida ushbu protseduraga quyidagicha ta’rif beradi: “Nizolarni hal qilish - bu 
nizo, nizo yoki daʻvoni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan jarayonlar sonini 
bildiruvchi atama”.
62
Amerikalik huquqshunos professor Frank E. A. Sander keltirishicha 
“1960- yillar oxiridan boshlab Amerika yuqorida keltirib o’tkanimiz kabi holatga guvoh 
bo’ldi. Natijada nizolarni hal qilishning muqobil usullariga bo’lgan qiziqish ortib bordi. 
Nizolarni muqobil hal qilish ichki huquqda ham tashqi kelishuvlarda ham muammolarni tez 
va samarali yo’llar bilan hal etishga yordam berdi. 1964-yilgi “Fuqarolik huquqlari 
toʻgʻrisida”gi qonunda Kongress sudlarga hal qilib boʻlmaydigan irqiy va jamoaviy nizolarni 
hal qilishga yordam berish uchun Adliya departamentining Jamoatchilik bilan aloqalar 
xizmatini tuzdi. Ford jamg’armasi nizolarni muqobil hal qilish mexanizmini o’rganish uchun 
Nizolarni hal qilish milliy markazi va Mediatsiya va nizolarni hal qilish institutini tashkil 
etdi.”
63
Shu qatorda aytib o’tishimiz joizki, nizolarni muqobil hal qilishning Mediatsiya usuli 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Mediatsiya arbitrajdan farq qiladi, chunki u majburiy emas. Arbitraj instituti arbitraj 
uchun qoidalar bilan bir qatorda mediatsiya uchun ham qoidalarni taminlaydi. Mediator 
har bir taraf boshqasining nuqtai nazarini tushunganligiga ishonch hosil qilishga harakat 
qiladi, har bir taraf bilan alohida uchrashadi va taraflarning o’ziga xos qarashlarini tinglaydi, 
umumiy manfaatlariga urg’u beradi hamda yechimga kelishda ularga yordam berishga 
harakat qiladi. Mediatsiya maxfiy harakterga egadir. 
60
Margaret L. Mozes 
Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Uchinchi nashr. / T.: Lesson press, - 38-bet 
61
 
https://soh.uz/index.php?/site/view/news/1242
 - internet sayti.
62
Dispute Resolution Processes // American Bar Association. [Elektronnыy 
http://www.americanbar.org/groups/dispute_resolution/resources/DisputeResolutionProcesses (data 21.01.2021). 
63
See Frank E.A. Sander. Alternative Methods of Dispute Resolution: An Overview. 37 FLA. L. REv. I (1985) 


Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
«Научный импульс» апреля , 2023 
1605 
Odatda, tanlangan qoidalarda mediatsiya (davomida oshkor etilgan holatlar nizoning 
keyingi bosqichida, yani arbitraj jarayonida yoki sud jarayonida foydalanilmaydi, degan 
qoida mavjud bo’ladi. 
Agar qoidalarda bu nazarda tutilmagan bo’lsa, mediatsiya uchun ishlab chiqilmagan 
hujjatlarda keladigan doiradan tashqari, mediatsiya jarayonida oshkor qilingan har qanday 
narsani keyingi boskichda qo’llash mumkin emasligi to’grisida yozma ravishdagi kelishuv 
bo’lishi kerak. 
Mediatsiya nizoning istalgan vaqtida yuzaga kelishi mumkin. Agar taraflar sud 
jarayonida yoki arbitrajda kelishishni xohlashlari va biroz yordam kerakligi to’g’risidagi 
fikrga kelishsa ular mediatorga murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek mediatorlardan 
ba’zan shartnomaning muzokara bosqichida ham 
muzokaralar boshi berk kuchaga kirganda, biroq har ikki taraf ham aslida kelishuv 
amalga oshishini istaganda foydalaniladi. Mediatorlar taraflarning manfaatlarini 
tushunishga va ularni yarashtirishga harakat qilganliklari sababli, mediatsiya ba’zida 
manfaatga asoslangan protsedura sifatida, arbitraj esa huquqlarga asoslangan protsedura 
sifatida tilga olinadi.
64
Mediatsiya xalqaro amaliyotda juda samarali bo’lishi bilan qatorda davlatlarning ichki 
qonunchiligida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Buni mamlakatimiz misolida ham 
ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n beshinchi yalpi 
majlisida bir qancha qonunlar qatorida “Mediatsiya to’g’risida”gi qonun ham maqullandi. 
Ushbu qonunning maqullanishidan maqsad O’zbekistonda nizolarni tartibga solishning 
muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy sharoitlar yaratish orqali O’zbekiston 
Respublikasining sud tizimiga tushadigan ish hajmini kamaytirishdan iborat. Mazkur qonun 
4 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda mediatsiya faoliyati to’g’risida atroflicha 
to’xtalingan. Misol uchun qonunning 4- moddasida quyidagicha tushunchalar keltirilgan: 
 Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun 
ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli; 
mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan 
shaxs; 
mediativ kelishuv — mediatsiyani qo‘llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan 
erishilgan kelishuv
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv — taraflarning 
tuzilgan paytdan e’tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvi; 
mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib 
chiqqanidan so‘ng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal 
etish zarurligi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvi.
65
64
Margaret L. Mozes 
Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Uchinchi nashr. / T.: Lesson press, - 39-bett 
65
O’zbekiston Respublikasi Qonuni “Mediatsiya to’g’risida” 4- modda 


Международный научный журнал № 9 (100), часть 3 
«Научный импульс» апреля , 2023 
1606 
Mazkur tushunchalar qonunda keltirilgan normalarning mohiyatini tushuntirish bilan 
bir qatorda nizolarni hal qilishning muqobil usulidan biri hisoblangan mediatsiya 
protsedurasing ayni mohiyatini ochib beradi.
Shu bilan bir qatorda aytib o’tish joizki mediatsiya protsedurasi nizolarni hal qilishning 
oson usuli bo’lgani bilan birga uning o’z prinsiplari va qoidalari mavjud. Bu prinsiplarni 
“Mediatsiya to’g’risida”gi qonunda ham ko’rishimiz mumkin. Qonunning 6- moddasida 
quyidagicha keltiriladi:
Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, 
mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
Mediatsiya nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida ixtiyoriy ravishda maxfiy 
protsedura sifatida belgilanishi mumkin. Mediator neytral shaxs sifatida nizoli 
tomonlar bilan o'z pozisiyalarini aniqlash uchun o'zaro aloqada bo’ladi, shuningdek 
nizolari o'zaro manfaatli murosaga kelish shartlari bilan hal qilishning eng yaxshi 
alternativ usullarini tanlashga yordam beradi. Mediator faqat nizo bo'yicha aniq 
pozisiyasini ishlab chiqishi zarur va tomonlarga nizoni hal qilish bo'yicha o'z qarashlarini 
tavsiya sifatida taqdim etadi. Ularning vazifasi o'zaro kelishuvdan so'ng tomonlar uchun 
majburiy bo'lib qolishi mumkin bo'lgan murosali yechimlarni topish hisoblanadi. Mediatsiya 
shartnomasi nizoli tomonlarning o’zaro roziligi bilan tuziladigan hamda eng qulay va oson 
yo’li hisoblanadi.
AQSh, Buyuk Britaniva, Avstralivada mediatsiya qonuniy ravishda tasdiqlangan va 
yarim asrdan ko'proq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Keyinchalik 
esa Germaniya, Fransiya, Belgiya va boshga mamlakatlarda ham keng tarqaldi. 
Germaniyada mediatsiya adliya tizimiga uyg'un tarzda kiritilgan. Masalan, mediatorlar 
to'g'ridan-to'g'ri sudlar bilan ish olib boradi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sud 
jarayonlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Bir nechta nemis huquqshunoslik maktablarida 
mediatsiya bo'yicha doimiy kurs joriy qilingan. Ushbu davlatlarning qonunchiligi 
vositachilikni rag'batlantiradi va bir qator mamlakatlarda mediatsiya sudgacha majburiy 
protsedura hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarda mediatsiya protsedurasi mamlakatlarning ichida 
qanday ahamiyat kasb etishini bir muncha tahlil qildik. Lekin bizning mavzumiz xalqaro 
doirada davlatlar o’rtasida kelib chiqadigan nizolarda mediatsiya protsedurasining 
qo’llanishidan kelib chiqib bu holatni ham tahlil qilishimiz zarur. Bunda avvalo BMT 
ustaviga murojaat etamiz. BMT ustavining 33- moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni 
hal etish vositasi sifatida tan olingan. 

Download 52.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling