1. 36 nKl zaryadning undan 9 va 18 sm masofada yotgan nuqtalardagi maydon kuchlanganligini toping?
40 kV/m,10 kV/m
2. 500 mol karbonat angidridning massasi qancha?
2,2 kg
3. Ilgagidagi tortish kuchi 15 kN bo‘lgan traktor prisepiga 0,5 m/s2 tezlanish beradi. Tortish kuchi 60 kN ga etadigan traktor o‘sha prisepga qanday tezlanish beradi?
2 m/s2
4. Chana qorda sirpanib borayotganda chanaga uni tortib borayogan itlar qo‘shilgan arqon 0,5 kN maksimal kuchi bilan ta’sir qila oladi. Agar ishqalanish koeffisienti 0,1 ga teng bo‘lsa, shu arqon massasi qancha keladigan yuklim chanani siljita oladi?
500 kg
5. Bikrligi 100 N/m bo‘lgan prujinaga 10 N kuch ta’sir qilsa, prujina necha santimetrga cho‘zilgan?
10 sm
6. Agar reaktiv samalyot dvigatelining tortish kuchi 90 kN bo‘lsa, massasi 60 t bo‘lgan shu samalyot tezlik olish vaqtida qnday tezlanish bilan harakatlangan?
1,5 m/s2
7. Massasi 2 kg bo‘lgan yog‘och brusok gorizontal joylashgan taxta ustida bikrligi 100 N/m bo‘lgan prujina yordamda tortiladi. Ishqalanish koeffiienti 0,3 ga teng. Bunda prujinaning uzayishini toping.
6 sm
8. Temir buyumni nikellashda 10 soatda elektrolitda 8.9 A tok o‘tib turganida, nikel qatlamining qalinligi 0.01 mm bo‘lgan. Nikelning elektrokiyoviy ekvivalentligi 8.9•103 kg/m3. Buyumning nikel qoplangan yuzi topilsin (m2).
1.108
9. Hajmi 0,6 m3 bo‘lgan tosh suvda 5 m chuqurlikdan suv sirtiga ko‘tarildi. Toshning zichligi 2500 kg/m3. Toshni ko‘tarishda bajarilgan ishni toping?
45 kJ
10. Massasi 0,5 kg bo‘lgan koptokka 0,02 s davmida zarb berilgandn keyin u 10 m/s tezlik oladi. Zarbning o‘rtacha kuchini toping?
250 N
11. Veneraning massasi 4,9∙1024 kg, radiusi esa 6100 km bo‘lsa, shu planeta uchun birinchi kosmik tezlikni hisoblang.
7,3 km/s
12. Bo‘yi 4 sm, eni 20 sm bo‘lgan ramkadan 10 A tok o‘tmoqda. Bu ramka induksiyasi 0.1 Tl bo‘lgan magnit maydonga yuritilganda, ramkaga ta’sir etuvchi maksimal kuch momenti qanday bo‘ladi? (mN•m)
8
Do'stlaringiz bilan baham: |