Mol, molekulyar yoki molyar massa Atom massalarning halqaro birligi


Download 55.43 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi55.43 Kb.
#243337
1   2   3   4
Bog'liq
1-Амалий машғулот

4 - masala. Natriy atomining o’rtacha mutlaq (absolyut) masasini hisoblang.

Yechish. m (Na) = 22,990 • 1,66057 • 10-24 = 38,177 • 10-24 g.



Masalalar

  1. Quyida keltirilgan nomlardan fizik jismlarning va kimyoviy moddalarning nomlarini ikkita ustunga alohida-alohida yozing: koptok, oltin, plastmassa, mix, mis, stakan, rezina, bo’r.

  2. Quyidagilardan: a) shishadan; b) alyuminiydan; v) rezinadan; g) po’latdan tayyorlangan buyumlarga misollar keltiring.

  3. Agar osh tuzi bilan shakar hovonchaga solib alohida – alohida qo’yilsa, ikkala modda tashqi ko’rinishidan bir – biriga juda o’xshash bo’ladi. Ularni qanday xossalariga ko’ra bir–biridan farqlash mumkin? (Moddalarni totib ko’rish yaramaydi!)

  4. Po’lat, cho’yan va temirni qanday xossalariga ko’ra bir – biridan farqlash mumkin? Ulardan qanday buyumlar tayyorlanadi?

  5. Osh tuzi, ichimlik soda va tish poroshogi qaysi jihatdan o’xshash va xossalari bir – biridan qanday farq qiladi?

  6. Quyida ko’rsatilgan moddalar orasida kimyoviy toza (individual) moddalar bormi: a) namdan va changdan tozalangan havo;

b) filtrlangan daryo suvi; v)gazli suv? Javobingizni izohlab bering.

  1. Quyida ko’rsatilgan moddalardan qaysilari aralashmalar, qaysilari esa toza moddalar: a) granit; b) shakar; v) osh tuzi; g) distillangan suv?

  2. Kukun qilib tuyilgan quyidagi aralashmalarni qanday qilib tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: a) bo’r va osh tuzi; b) qum, shakar va ko’mir?

  3. Uchta moddaning: mis qirindilari, qipiq va temir qirindisidan iborat aralashmani tarkibiy qismlarga ajratish rejasini tuzing.

  4. 5 g biror kukun qaynayotgan suvning kichik hajmida eritildi. Sovitilganda eritmadan 3 g kristall tushdi. Ular fitrlab olindi va yana shuncha hajmdagi qaynayotgan suvda eritildi; shundan keyin sovitilganda 2,9 g kristall tushdi. Dastlabki kukun toza modda bo’lganmi yoki aralashmami?

  5. 20 sm3 vodorod bilan 10 sm3 toza kislorodni aralashmasi portlatilganda 3 sm3 hajmda gaz qoldig’i qoldi. Vodorod toza bo’lganmi? Javobingizni izohlang.

  6. Tarkibida oltingugurt, temir kuporosi, mis (II) oksidi va temir qi-rindilari bor sun’iy aralashmadan individual moddalarni qanday ajratib olish mumkin? Javobingizni izohlab bering.

  7. Ham atom, ham molekula deb atash mumkin bo’lgan zarrachalarga misollar keltiring. Bu hollarda “molekula” degan tushuncha bilan “atom” degan tushuncha bir – biriga nima uchun mos keladi?

  8. Tabiatda qaysi elementlar ko’proq ma’lum: metallarmi yoki metalmaslarmi? 109 ta elementdan taxminan qanchasi metallar va qanchasi metalmaslarga kiradi?

  9. Metalni metalmasdan qaysi alomatlariga va xossalariga ko’ra farqlash mumkin? Ular orasida keskin chegara (farq) bormi?

  10. Ma’lumotnomalarda 100 g tuxum sarig’ida 8,6 mg temir bo’ladi de-yilgan. Bu yerda “temir” deganda oddiy moddani tushunish kerakmi yoki kimyoviy elementnimi?

  11. Simob (II) oksid murakkab modda ekanligini qanday isbotlash mumkin? U qaysi elementlarning atomlaridan tarkib topgan?

  12. Qaysi jumlada oddiy modda sifatidagi kislorod haqida gap boradi: a) baliq suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi; b) kislorod ko’pchilik minerallar tarkibiga kiradi?

  13. Tarkibida kislorod bo’lishiga qaramay, qaynagan suvda baliq nima uchun nafas ololmaydi?

  14. Quyidagi modalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab: tuz, suv, bo’r, oltingugurt, shakar, grafit, malaxit?

  15. Bo’r qizdirilganda so’ndirilmagan ohak bilan karbonat angidridga ajraladi. Bo’r qanday kimyoviy elementlardan tarkib topgan?

  16. Bir modda kislorodda yondirilganda karbonat angidrid, azot va zuv hosil bo’ladi. Bu shu modda tarkibida qanday kimyoviy elementlar borligidan dalolat beradi?

  17. Bitta oddiy moddadan boshqa oddiy modda hosil qilish mumkinmi? Yangi modda hosil bo’lganligining isboti sifatida qanday misollar keltirish mumkin?

  18. Quyidagi ko’rsatilgan moddalardan qaysilari oddiy va qaysilari murakkab moddalar: apatit, olmos, soda, kvars, ohak, temir, uran, kislorod, benzol, marmar, yoqut, parafin, polietilen.

  19. Bitta murakkab moddadan sifat va miqdoriy tarkibi xuddi shunday boshqa murakkab hosil qilish mumkinmi?

  20. Alkimyogarlar o’rta asrlarda bitta elemntni boshqa elementga, masalan, misni oltinga, simobni esa kumushga aylantirish uchun behuda uringan edilar. Bitta kimyoviy elementning boshqa kimyoviy elementga aylanishini bilasizmi?

  21. Quyidagilarning qaysi birining massasi katta: a) uglerod atominikimi yoki suv molekulasinikimil; b) suv molekulasinikimi yoki magniy ato- minikimi; v) yod atominikimi yoki kislorod molekulasinikimi?

  22. Azot molekulasining massasi krypton atomining massasidan necha marta kichik?

  23. Argon atomining massasi vodorod molekulasi massasidan necha marta katta?

  24. Quyidagi moddalarning nisbiy molekulyar massalarini hisoblab to-ping: a) karbonat angidrid; b) sulfat kislota; v) ichimlik soda; g) sirka kislota.

  25. Uglerod vodorod bilan reaksiyaga kirishganda nisbiy molekulyar massasi kislorodning nisbiy atom massasiga teng bo’lgan birikma hosil qiladi. Shu birikmaning formulasini yozing.

  26. Yer qobig’ida kislorod, kremniy, aluminiy va kalsiyning miqdori massa jihatidan tegishlicha 47,00 %, 29,50 %, 8,05 % va 2,96 % ga teng. Keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, bu elementlarni ularning hissasiga to’g’ri keladigan atomlar soniga qarab bir qatorga joylashtiring.

  27. Nisbiy molekulyar massalari ikkita birikmaning nisbiy molekulyar massalarining yig’indisidan iborat bo’lgan sizga ma’lum moddalarning nomini ayting.

  28. Azot bilan uglerodning nisbiy molekulyar massalari bir xil bo’lgan oksidlarining formulasini yozing.

  29. 0,5 mol uglerodda taxminan nechta atom bo’ladi?

  30. 0,25 mol temir nehcta atomga to’g’ri keladi?

  31. 2 mol misda nechta atom bo’lsihini hisoblab toping.

  32. Suv molekulalarining 10 mol moddaga to’g’ri keladigan sonini aniqlang.

  33. Moddaning miqdori 1,5 mol bo’lishi uchun karbonat angidrid CO2 molekulalaridan taxminan nechta olish kerak?

  34. Quyidagilarning qaysi birida moddaning massasi ko’p: a)1 mol alyuminiy atomlari; b) 1 mol temir atomlari; v) 1 mol simob atomlari?

  35. 4 mol uglerod atomlariga to’g’ri keladigan modda massasini hisoblab toping.

  36. 0,5 mol suv molekulalarining massasi qanchaga teng?

  37. Karbonat angidrid molekulalarining 1 molida taxminan nechta atom bo’ladi?

  38. Quyidagilarning qaysi birida moddaning massasi ko’p: a) 3 mol uglerod atomlari; b) 2,5 mol suv molekulalari; v) 2 mol karbonat angidrid molekulalari; g) 0,5 mol simob atomlari?

Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling