Mol yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: Mol yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi:
tovar muomalalar bo’yicha;
moliyaviy majburiyatlar bo’yicha.
Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud:
To’lov topshiriqlari;
To’lov talabnomalari;
Akkreditivlar;
inkassa topshiriqlari;
cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli.
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi.
Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
Hisob va hisobot ma’lumotlarining o’zaro tengligi aniqlaganidan so’ng, auditor mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig’ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:
analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to’g’risidagi ma’lumotlar mavjudligi;
dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma’lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).
analitik hisob registrlarida ko’rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);
Do'stlaringiz bilan baham: |