Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar hamda xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobi mavzuning maqsadi


Download 87.7 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi87.7 Kb.
#1656505
  1   2
Bog'liq
12 мавзу бўйича амалий машғулотлар топшириқлари


12-MAVZU. MOL YETKAZIB BERUVCHI VA PUDRATCHILAR HAMDA XARIDOR VA BUYURTMACHILAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI


Mavzuning maqsadi: mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olishning mazmuni va ahamiyatini, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar hisobida boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlashtirilishini o‘rganish, sintetik va analitik hisobini yuritish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish.


Tayanch tushunchalar va iboralar:


Buxgalteriya hisobida hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olishning oldiga qo‘yilgan vazifalar quyidagilar:
- hisob-kitob muomalalarini o‘z vaqtida hisobga olish;
- hisob-kitob muomalalarini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirish;
- hisob-kitob to‘lov intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar – mol oluvchilarga o‘z mahsulotini yuklab jo‘natadigan korxona. Mol yetkazib beruvchi bilan mol oluvchining o‘zaro munosabati shartnoma bilan tartibga solinadi va ular orasidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Mol oluvchilar mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida hisobga olib boriladi. Mol yetkazib beruvchilardan olingan moddiy qiymatliklar summasi moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarning debeti va 6010-schotning kreditiga yoziladi. Mol yetkazib beruvchilarga o‘tkazib berilgan summaga 6010-schot debetlanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schotlar kreditlanadi.
Xaridorlar va buyurtmachilar – tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarda axborotlarni umumlashtirish quyidagi schotlarda amalga oshiriladi: 4010 – «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schotlar», 4020 – «Olingan veksellar». To‘lov muddatiga ko‘ra va qarzni olishni kutilayotgan sanasiga qarab debitorlik qarzlar joriy va uzoq muddatliga ajratiladi. Xaridorlar to‘lov muddati odatda 30 kundan 60 kungacha bo‘lgan muddat hisoblanadi. Ushbu muddat o‘tgandan keyin muddati o‘tgan hisoblanadi.
Aktsept – ma’lum shart bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda aktsept mol oluvchining mol yetkazib beruvchi schotini to‘lashga roziligidir.
Bo‘nak – kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga asosan qat’iy belgilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari uchun naqd pul safar joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va turar joyni ijaraga olish xarajatlari miqdorida beriladi.
Ishonchnoma – ma’lum shaxs tomonidan tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, hujjatlar, shuningdek ma’lum harakatlarni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat. Namunali shakldagi blankda rasmiylashtiriladi. Uning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning nomi; hisob-kitob schotining raqami va u qaysi bankda ekanligi; ishonchnomaning harakat muddati; tovar-moddiy qiymatliklarni olishni kim kimga ishongani; tovar-moddiy qiymatliklarning nomi va miqdori; ishonchnoma oluvchi shaxsning imzosi namunasi; muhr bilan tasdiqlangan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari.
Schot-faktura – qat’iy hisobot hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir jo‘natilgan yoki sotilgan mahsulot, shuningdek bajarilgan ish va ko‘rsatigan xizmatlar uchun yoziladi.

Download 87.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling