Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Download 312.98 Kb.
bet7/15
Sana18.06.2023
Hajmi312.98 Kb.
#1572903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
5-M

sp2- gibridlanish: Bor atomi o’zining bir nechta birikmalarida sp2 gibridlanish holatida bo’ladi. Buning uchun bor atomining 2s orbitalidagi bitta elektron 2p orbitalga ko’chib o’tadi:
Bitta s va ikkita p orbital gibridlanib uchta sp2 gibrid orbital hosil qiladi. Oddiy moddalardan grafitdagi uglerod atomlari sp2 gibridlangan.
sp2 gibrid orbitallar bir-biridan 1200 burchak ostida joylashadi:

Shuning uchun bunday birikmalar masalan; BF3 tekis uchburchak shakliga ega bo’ladi:

Umuman atomdagi σ-bog’lar soni uchta bo’lib, atomda umumlashmagan elektron jufti bo’lmasa atom sp2 gibridlangan bo’ladi.
sp-gibridlanish: Berilliyning bir qancha birikmalarida berilliy atomi sp gibridlanish holatida bo’ladi. Buning uchun 2 s orbitaldagi bitta elektron 2p orbitalga o’tadi:

Bitta s va bitta p orbital gibridlanishi natijasida ikkita sp gibrid orbital hosil bo’ladi:

Gibrid sp-orbital har doim 1800 burchak ostida joylashadi. Shuning uchun sp-gibridlangan atom saqlagan molekulalar chiziqli tuzilishli bo’ladi. BeCℓ2 da har bir Be-Cℓ bog’i qutbli kovalent bog’lanishli.
Har ikkala Be - Cℓ bog’ining dipol momenti vektori qiymat jihatdan teng, ammo qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lib yig’indisi 0 ga teng. Shuning uchun BeCℓ2 molekulasi qutbsiz molekula hisoblanadi.
Oddiy moddalardan karbin sp gibridlanishga ega. Atomdagi σ-bog’lar soni ikkita bo’lsa va atomda umumlashmagan elektronlari bo’lmasa atom sp gibridlangan bo’ladi.
ds-gibridlanish. Agar atomdagi bog’ hosil qilishga qatnashadigan elektronlar (valent elektronlar) energiyalari yaqin bo’lgan d va s-atom orbitallarda bo’lsa, ular o’zaro gibridlanadi. Bu Sr va Ba atomlarida kuzatiladi. Ular qo’zg’algan holatga o’tishida s-elektronlar n-1 pog’onaning d-pog’onachasidagi elektron bilan gibridlanadi va ular 900 burchak ostida joylashadi:


Download 312.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling