Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari


Download 312.98 Kb.
bet2/15
Sana18.06.2023
Hajmi312.98 Kb.
#1572903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-M

6.4. Qutbli kovalent bog’lanish

Elektromanfiyliklari orasidagi farq 0,1 dan 1,7 gacha bo’lgan ikki atomning elektronlar jufti hisobiga vujudga keladigan bog’lanish qutbli kovalent bog’lanish deyiladi. Masalan;





Qutbli kovalent bog’lanishli birikmalarda elektron juftlar elektromanfiyligi katta bo’lgan element atomi tomon siljigan bo’ladi. Atomlarning elektromanfiyliklari orasidagi farq qancha katta bo’lsa, elektron zichlik elektromanfiyligi katta bo’lgan atomga tomon shuncha kuchli siljiydi hamda molekulaning dipol momenti (qutbliligi) shuncha katta bo’ladi.
Masalan; HI-HBr-HCℓ qatorida elektromanfiyliklar orasidagi farq ortib boradi. Shuning uchun kimyoviy bog’ning va molekulaning qutbliligi yuqoridagi qatorda chapdan o’ngga o’tganda ortib boradi.
Qutbli kovalent bog’lanishli birikmalar gaz, suyuq va qattiq holatda bo’ladi. Bunday bog’lanishli birikmalar oson bug’lanadi va suyuqlanadi. Bunday birikmalar qutbli erituvchilarda (H2O) yaxshi eriydi.

6.5. Kovalent bog’lanishning donor-akseptor mexanizmi

Atomlarning biridagi juft elektronlar va ikkinchi atomning bo’sh orbitallari hisobiga hosil bo’ladigan bog’lanishlar donor-akseptor bog’lanishlar deyiladi.


Valent bog’lanish metodi yordamida BF3 molekulasining hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz:

BF3 elektrodonor modda bo’lib; NH3 bilan reaksiyaga kirishganda tarkibida donor-akseptor bog’ saqlagan BF3 ∙ NH3 tarkibli birikma hosil qiladi (bu vaqtda BF3 dagi 2p –orbital ham elektronlar bilan to’ladi).

Hosil bo’lgan BF3 ∙ NH3 da bor atomi sp3 gibridlanish holatida bo’ladi. Shuni unutmangki, kompleks birikmalarning hammasida ham markaziy atom bilan ligand donor-akseptor mexanizmi bo’yicha birikkan bo’ladi.
Masalan; [Co(NH3)6]+2, [Co(NH3)6]+3, [Fe(CN)6]-4 va [Fe(CN)6]-3 komplekslarining hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz:

Ammiakatlarning elektron formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
[Fe(CN)6]-4 va [Fe(CN)6]-3 komplekslarining hosil bo’lish sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin:



Donor-akseptor bog’lanish oddiy birikmalardan CO; H3O+; N2O5; HNO3 ; NH va boshqalarda ham mavjud. (Bu birikmalarda donor-akseptor mexanizmi bo’yicha bog’lanish hosil bo’lish sxemalarini yozing).


Download 312.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling