Reja: Shponkali birikmalar


Download 1.58 Mb.
bet1/2
Sana09.11.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1760062
  1   2
Bog'liq
mexanka 1


Mavzu: Shponkali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar
Reja:
1.Shponkali birikmalar
2.Prizmatik shponkalar
3.Ponasimon shponkalar

Aylanuvchi detallarni (shkiv, tishli g’ildirak, mufta va shu kabilarni) val yoki o’qqa birgalikda aylanadigan qilib maxkam o’rnatish uchun har xil shponkalardan foydalaniladi. Shponkali birikmalarning tuzilishi juda oddiy bo’lib, ularni yig’ish va qismlarga ajratish juda oson. Shuning uchun bunday birikmalardan mashinasozlikda keng ko’lamda foydalaniladi.


Val yoki o’qda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi shponkali birikmaning asosiy kamchiligidir, chunki bunday o’yiq val yoki o’q ko’ndalang kesimini kichraytirib, mustahkamligini pasaytiradi.
Shponkali birikmalar zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan bo’lishi mumkin. Zo’riqtirilgan birikmalarda ponasimon shponkalar, zo’riqtirilmagan birikmalarda esa prizmatik shponkalar ishlatiladi.
P r i z m a t i k sh p o n k a l a r. Prizmatik shponka kesimi to’g’ri to’rtburchaklik bo’lgan detaldir.
Prizmatik shponka vositasida hosil qilingan birikmalar zo`riqtirlmagan bo’lgani uchun shponkani ham, valdagi o’yiqni ham yuqori darajadagi aniqlik bilan tayyorlash talab etiladi, chunki bunday hollarda shponka burovchi momentni yon yoqlari orqali uzatadi. Shuning uchun shponkaning yon yoqalari valdagi uyiqning yon yoqlariga bir tekis tegib turadigan bo’lishi kerak.
Agar shponka va o’yiq tayyorlashda GOST da keltirilgan dopuskning qiymatini ta`minlasa, birikma yig’ilayotganda moslash ishlariga xojat qolmaydi.
Valdan g’ildirak gupchagiga burovchi moment uzatishda shponka yon yoqlarining ezilishi hamda val bilan gupchakning urinish chizig’idan kesilish mumkin. Bunda hosil bo’ladigan kuchlanishlar (56-shakl) quyidagicha aniqlanadi.




1–shakl. Prizmatik shponkani hisoblashga doir sxema.


;
;
bu yerda h – shponka ko’ndalang kesismning balandligi; lh - shponkaning hisobiy uzunligi; d – valning diametri; T – burovchi moment, b – shponkaning eni.
Odatda, shponkaning o’lchamlari va diametriga qarab, jadvallarga tanlanadi, uzunligi esa gupchak teshigining uzunligiga bog’liq ravishda (0,8… 0,9)l gup qilib olinadi va mustahkamligi yuqorida keltirilgan formulalar vositasida tekshirilib ko’riladi.
Shponkalarning GOST da keltirilgan o’lchamlari ( b va h) shunday tanlanganki, ularning kesilishi kamdan-kam sodir bo’ladi. Shuning uchun, prizmatik shponkalarni foydalaniladigan xollarda ularning (formula asosida hisoblash asosida kifoyalansa bo’ladi. Ishlash prinsipi yuqoridagi o’xshash yana bir necha xil shponkani uchratish mumkin. Segmentsimon (2-shakl) va silindrik (3-shakl) shponkalar shular jumlasidandir.
Valning segmentsimon shponka uchun mo’ljallangan uyig’i diskaviy freza bilan kesiladi. Bu esa boshqa xollardagiga qaraganda ancha qulay.


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling