20.7-rasm.
Kritik temperatura tushunchasi dastlab D.I.Mendeleyev tomonidan 1861- yilda kiritilgan. 20.7-rasmda quyidagicha xulosaga keladi. 1. Kritik temperatura Тк yuqori temperaturada modda faqat holatdagina mavjud bo`la oladi. T- temperaturasi kritik temperatura Тк dan yuqori bo`lgan gazni qanaqa siqish bilan suyuq holatga o`tkazib bo`lmaydi. Kritik temperaturadan past temperaturalarda modda bosimga qarab gazsimon holatda yoki bir vaqtning o`zida ikki faza: suyuqlik va tuyingan bug` holatlarida mavjud bo`lishi mumkin. 2.Tuyingan bug`ning elastikligi Р0 shu berilgan moddaning kritik bosimi Рк dan katta qiymatga ega bo`la olmaydi. 3. Moddaning suyuq holatdagi hajmi berilgan miqdor moddaning kritik hajmidan katta qiymatlariga ega bo`la olmaydi. Ko`pchilik suyuqliklarning va ularni aralashmalarining kritik temperaturalarining M.P.Avenarius va uning shogirdlari A.I.Nadejdin, V.I.Zayoicheveskiy va boshqalar tekshirdilar. Jumladan A.I.Nadejdin 1885- yilda suvning kritik temperaturasinи (374оС) birinchi bo`lib aniqlanid. Mashhur rus fizigi A.G.Stoletov ham moddaning kritik massasi bilan shug`ullangan. U mavjud eksperimental materiallarni analiz qiladi va ularni nazariy ma`lumotlar bilan batafsil solishtirib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |