Bu yerda VN bir mol gazda barcha molekulalarning hajmini ifodalagani uchun, molekulalar hajmi uchun Van-Der-Vaals kiritgan в tuzama molekulalarning o`z hajmidan taxminan 4 marta kattadir. Van-Der Vaalsning ikkinchi a tuzatmasi molekulalar o`zaro ta`sir kuchlarning xarakteriga bog`liqdir. Van-Der-Vaals tenglamasi: V0 ga nisbatan uchinchi darajali algebrik tenglamadir. Shuning uchun u Р va Т ning qiymatlarga qarab, molekulyar hajm V0 ning bitta yoki uchta har xil qiymatlarini beradi. T ning har xil qiymatlari uchun yozilgan Van-Der Vaals tenglamasi asosida Р va V0 ga bog`lanish grafigini chizsak, bir qator izotermalarga ega bo`lamiz.
(20.13)
Buni har ikkala tomonini P ga bo`lib, quyidagicha yozish mumkin.
(20.14)
Bu V hajmga nisbatan 3-darajali tenglama bo`lib, uning uchta ildizi bor. Uning hammasi haqiqiy yoki ulardan ikkitasi mavhum va bittasi haqiqiy bo`lishi mumkin. Van-Der Vaals tenglamasining mavhum ildizlari fizikaviy ma`noga ega emas. Shuning uchun ularga qaramaymiz. Van-Der Vaals tenglamasi ildizlarning fizikaviy ma`nosini aniqlash uchun (20.1) tenglamaga tegishli izotermalarni, ya`ni o`zgarmas temperaturada Р bosimning V(molyar hajmga bog`lanishini qarash va ularni tajriba ma`lumotlarda olingan izotermalar bilan solishtirish kerak. Bizga ma`lumki ideal gazning izotermasi giperbola edi, undan farqli ravishda (20.1) tenglamaga tegishli bo`lgan izoterma quyidagicha ko`rinishda bo`ladi. Biz uni Van-Der Vaals izotermasi deb ataymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |