Molekulalardıń tezliklerin anıqlaw
Mustaqil yechish uchun masalalar
Download 194.53 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMolekulalardıń tezliklerin anıqlaw
Mustaqil yechish uchun masalalar:
1. 10 -8 g massali chang zarrachasi havoda muallaq turibdi. Havo qatlamining chang zarrachalarining konsentratsiyasi 1% dan ko’pga farq qilmaydigan qalinligi aniqlansin. Butun hajmda havoning temperaturasi bir xil va 300 K ga teng. 2. Idishda modda miqdori 1,2 mol’ bo’lgan gaz saqlanadi. Bu gazni ideal gaz sifatida qarab, tezliklari eng katta ehtimoliy tezlikning 0,001 qismidan kam bo’lgan molekulalar soni aniqlansin. 3. Radon bilan to’ldirilgan sentrifuganing rotori 50 Gs chastota bilan aylanmoqda. Rotorning radiusi 0,5 m. Agar rotor markazidagi bosim P 0 normal atmosfera bosimiga teng bo’lsa, gazning rotor devorlariga bosimi P aniqlansin. Butun hajmda havoning temperaturasi bir xil va 300 K ga teng. 4. Shtern tajribasida atomlarning o’rtacha tezligi 300 m/s va asbobning aylanish chastotasi 20 ayl/s bo’lsa, metall polosaning siljishini toping. Katta silindrning radiusi 10 sm, kichik silindrning radiusini e’tiborga olmang. 5. Agar Shtern tajribasida asbobning aylanish chastotasi 150 s -1 bo’lganda kumush molekulasining burchak siljishi 5,40 ni tashkil etsa, kumush molekulasi qanday tezlikka ega bo’ladi? Ichki va tashqi silindrlar orasidagi masofa 2 sm. 6. Qanday T temperaturada ideal gaz molekulasi issiqlik harakatining o’rtacha kinetik energiyasi 1m balandlikdan erkin tushgan 1g massali sharchaning kinetik energiyasiga teng bo’ladi 1 ? Bol’sman doimiysi k=1,38 10 -23 J/K. 7. Sentrifugada 271K temperaturadagi muayyan gaz bor. 0,4 m radiusli sentrifuganing rotori 500 rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Agar rotor devori yonidagi bosim uning markazidagi bosimidan 2,1 marta katta bo’lsa, gazning nisbiy molekulyar massasi aniqlansin. 8. Molekulalarning tezliklar bo’yicha taqsimot funksiyasidan eng katta ehtimolli tezlik formulasini keltirib chiqaring. 1 Турсунметов К.А., Узоқов А.А., Бўрибоев И, Худойберганов А.М. Физикадан масалалар тўплами. Академик лицей ва касб ҳунар коллежлари учун ўқув қўлланма. Т.: Ўқитувчи. 2005. 58- бет. 9. Normal sharoitdagi vodorod 1sm 3 hajmni egallab turibdi. SHu hajmda biror v max =1 m|s dan kichik tezlikka ega bo’lgan molekulalar soni topilsin. 10. Ideal gaz molekulalarining eng katta ehtimolli impul’si ifodasini keltirib chiqaring. 11. Energiyasi eng katta ehtimolli energiyaga teng bo’lgan ideal gaz molekulasi impul’sining ifodasini keltirib chiqaring. 12. Impul’slari eng katta ehtimolli impul’sga teng bo’lgan ideal gaz molekulalarining soni topilsin 2 . 2 Чертов А.Г., Воробьев А.А. Физикадан масалалар тўплами. Тошкент.: Ўзбекистон. 1997. 156-158 бетлар. Download 194.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling