Molekulalarda relaksatsiya jarayonlari
Download 326.39 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEFORMATSIYALANGAN MAKROMOLEKULALAR RELAKSATSIYASI VA GISTEREZISI.
6-mavzu: ZANJIRLI MOLEKULALARDA RELAKSATSIYA JARAYONLARI VA MODELLAR. STRUKTURAVIY, MEXANIK, ELEKTRIK, MAGNITIK RELAKSATSIYALAR VA RELAKSATSIYA VAQTLARI. KUCHLI VA KUCHSIZ DEFORMATSIYALANGAN MAKROMOLEKULALAR RELAKSATSIYASI VA GISTEREZISI. Yuqori elastik holatdagi amorf polimerning relaksatsion xossasi. Termodinamikaning qonunlariga muvofiq turli tizimlarda o‘z-o‘zidan yuz beradigan barcha jarayonlar oxir oqibatda muvozant holatiga yaqinlashadi. Agar muvozanat holatga o‘tish aniq tezlikka ega bo‘lsa, unda o‘tish jarayonida bir qator oraliq nomuvozanat holatlarni qayd etish mumkin. Tizimni nomuvozanat holatdan muvozanat holatiga o‘tishi relaksatsion jarayon deb yuritiladi. Barcha real tizimlarning mexanik xossalari relaksatsion tavsifga ega bo‘ladi va polimerlar yuqori elastik holatda bir qator relaksatsion xossalarni namoyon qiladi: 1. Polimerga doimiy kuchlanish (σ o ) berilsa-yu, unda oqish jarayoni kuzatilmasa, bunday kuchlanish ma’lum muvozanatli yuqori elastik deformatsiyaga ( m ) mos keladi. Ammo, tizim doimiy kuchlanishga (σ o ) mos keladigan muvozanatli yuqori elastik deformatsiyaga darhol erishmaydi. 4.2.3-rasmga binoan muvozanatli deformatsiya yuqori chegara bo‘lib, unga real deformatsion jarayon vaqt davomida intiladi. 2. Polimerga juda katta tezlikda deformatsiyalansa va shu holatda ushlab turilsa, unda kuchlanish (σ o ) vujudga keladi va uning boshlang‘ich miqdori muvozanatli kuchlanish (σ m ) dan ancha yuqori bo‘ladi (4.2.4-rasm). 8.3-rasm. Doimiy kuchlanish ostida polimer deformatsion o‘zgarishini vaqtga bog‘liqligi 8.4-rasm. Amorf polimer uchun kuchlanish bo‘yicha relaksatsiyasi grafigi Vaqt o‘tishi bilan guruhlarni qayta joylashishi va zanjirlarni konformatsion o‘zgarishi tufayli namunadagi kuchlanish pasayib boradi. Bu jarayon kuchlanish relaksatsiyasi deyiladi. 3. Polimer namunaga o‘zgaruvchan kuchlanish, masalan, sinusoidal qonun bo‘yicha σ σ o sin t ta’sir etsa, unda ta’sir etuvchi kuchlanish (σ) ikki miqdor, ya’ni amplituda (σ o ) va chastota ( ) bilan tavsiflanadi. Shuningdek, chastota o‘rniga tebranish davri (T = 2 / ) qo‘llanishi mumkin. Kuchlanishni davriy ravishda ta’sir etishi natijasida namuna davriy deformatsiyalanadi va uning o‘zgarishi sinusoidal qonun o sin( t - ) bo‘yicha ifodalanadi. Ammo, deformatsiya sinusoidasi fazasi bo‘yicha kuchlanishi sonusoidasiga nisbatan siljigan bo‘ladi (8.5-rasm). Kuchlanish bilan deformatsiya o‘rtasida bunday farqni vujudga kelishi relaksatsion hodisa bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi kuchlanishni davriy o‘zgarishlarida deformatsiyani tegishli davriy o‘zgarishlarini kichigishi sabablidir. Oddiy relaksatsiyalanuvchi tizimlarda o‘lchanadigan parametrlarning miqdorlarini ularning muvozanatli miqdorlariga nisbatan vaqt davomida kamayishi eksponensial qonun bo‘yicha ifodalanadi: Download 326.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling