Molibden ajratib olish Indiy ajratib olish Pirometallurgiya usuli


Download 50 Kb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi50 Kb.
#1122901
1   2   3
Bog'liq
Volfran

Pirometallurgiya usuli

Bu usulda rux quyindisi 1200–1300 °C da ko‘mir ishtirokida qaytarish bilan olib boriladi. Qaytarish jarayonida rux distillyatsiyaga uchrab suyuq holida cho‘kmaga tushadi. Shuning uchun indiyning asosiy xomashyosi pirometallurgiya sanoatining birikmalarni kokslashda hosil bo‘lgan changlar va rektifikatsiya usulida tozalangan qora ruxlarda bo‘ladi.




Gidrometallurgiya usuli

Bu usulda rux quyindilari kuchsiz sulfat kislotasida eritishi, sulfatli eritmalarni aralashmalardan tozalash (Cu, Cd, Co, Sl) va eritmalardan ruxni elektrolitik usulda ajratib olish bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Quyindilar neytral yoki kislotali sharoitda tanlab eritiladi. Eritmani ishqorlash natijasida indiyning asosiy miqdori quyindini eritmaydigan bo‘laklarida qoladi, bunga sabab shuki neytrallash natijasida pN = 5,2 bo‘lganda rux gidrooksid holida ajrala boshlaydi. Ma’lumki, indiy gidrooksidi pN = 4,67 – 4,85 bo‘lganda to‘liq cho‘kmaga tushadi. Demak, hosil bo‘ladigan rux cho‘kmasida indiy va boshqa metallar ham ajralib chiqadi. Kislotali tanlab eritishda esa ruxning asosiy massasi eritmada, cho‘kmada esa indiy, galliy, germaniy va boshqa moddalar kek holida qo‘rg‘oshin sulfati bilan birga qoladi. Indiyning ma’lum qismi sulfatli eritmalar tarkibida bo‘ladi.




Elektrokimyoviy usullar

Elektroqimyoviy tozalashda indiy eruvchan anod sifatida ishlatilib, eritmadagi Sn, Pb, Cu elementlari shlakda qolsa, qolgan elementlar esa eritmada qoladi. Bu usul bilan indiyni tozalashda elektrolit eritma holida har xil tarkibli elektrolit eritmalari taklif qilingan bo‘lib,ulardan: 40–60 g/l In, 100 g/l hayvon kleyi va pN = 2–2,5. Qo‘shilgan kley katodda qattiq cho‘kma hosil qilishga yordam beradi. Anod sifatida paxtadan to‘kilgan gazmol polotnalaridan foydalaniladi, ular qo‘rg‘oshin, mis qalay zarrachalarini katodga o‘tkazib yubormaydi.


Katodlar toza holidagi indiy yoki aluminiy podnos – zo‘laklaridan iborat bo‘ladi. Elektroliz jarayoni 100 A/m2 va 2 volt kuchlanishda olib boriladi. Elektrolitik tozalashni ikki marta amalga oshirilsa,99,995–99,9999 % toza indiy olinadi.

Xulosa:
Indiy ishlab chiqarishning asosiy xomashyo bazasi, turli ishlab chiqarish chiqindilari va yarimishlab chiqarish mahsulotlari hisoblanadi. Bularga asosan rux va qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish korxonalari chiqindilari va yarimmahsulotlari kiradi. Rux konsentratlarini 850–950 °C da uydirilganda indiyning asosiy qismi rux quyindilari tarkibida qoladi. Ular ikki usulda – pirome-tallurgiya va gidrometallurgiya usulida ajratib olinadi

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.aim uz
2.arxiv uz
3.ziyo net
Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling