Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan kurs ishi mavzu: Xalqaro va mahalliy investorlarni moliya bozoriga jalb etish masalalari Bajardi: Sirtqi fakulteti IX 51-2 guruhi talabasi Umarova Go‘zal Sabirovna Ilmiy rahbar: PhD


O ‘zbekiston Respublikasining xalqaro investitsiya pozitsiyasi11


Download 82.6 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi82.6 Kb.
#1039824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IX 51-2 Umarova Go\'zalMoliya bozori fanidan kurs ishi

O ‘zbekiston Respublikasining xalqaro investitsiya pozitsiyasi11

Har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil xorijlik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir. O‘zbekistondagi investitsiya muhitining asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda eng barqaror mamlakat ekanligidadir.


Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval o‘sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar o‘rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi.
Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarning investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir.
Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Investitsiya salohiyati deganda iqtisodiy faoliyatda ishlatiladigan (foydalaniladigan) ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig‘indisi tushuniladi. Investitsiya salohiyati foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag‘ kiritish (qo‘yish) imkoniyatlari darajasini xarakterlaydi.
Investitsiya salohiyati – mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha omillar yig‘indisini tavsiflaydi. Bu omillar ishlab chiqarish omillari, tabiiy resurs omillari, mehnat omillari, innovatsiya va iste’mol omillari hamda mamlakatning moliyaviy salohiyati kabilarni qamrab oladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta’minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi.



Download 82.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling