Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanidan kurs ishi mavzu: Xalqaro va mahalliy investorlarni moliya bozoriga jalb etish masalalari Bajardi: Sirtqi fakulteti IX 51-2 guruhi talabasi Umarova Go‘zal Sabirovna Ilmiy rahbar: PhD


Download 82.6 Kb.
bet1/8
Sana20.12.2022
Hajmi82.6 Kb.
#1039824
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IX 51-2 Umarova Go\'zalMoliya bozori fanidan kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA-KREDIT”
KAFEDRASI

MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Xalqaro va mahalliy investorlarni moliya bozoriga jalb etish masalalari
Bajardi: Sirtqi fakulteti IX 51-2 guruhi talabasi
Umarova Go‘zal Sabirovna
Ilmiy rahbar: PhD. A.Vasiyev

RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2022 y.
__________________




RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2022 y.
__________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
____” _______2022 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
____” _______2022 y.


Baho “_____” _________



___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________


__________________




TOSHKENT – 2022
Mavzu: Xalqaro va mahalliy investorlarni moliya bozoriga jalb etish masalalari


REJA:

Kirish


  1. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va shakllari

  2. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli

  3. O‘zbekiston moliya bozorida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH

Ma’lumki, har qanday davlat tashqi dunyodan ajralgan holda, jahondagi ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlardan, iqtisodi rivojlangan davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanmasdan rivojlanishi mumkin emas. Ushbu maqsad yo‘lida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bunday vazifaning uddalanishi, avvalambor, «xorijiy investitsiya» tushunchasining mazmun-mohiyatini, xususiyatlarini, turlarini, iqtisodiyot taraqqiyotidagi rolini aniq va ravshan anglab olish zaruratini yuzaga keltiradi. Professor D.G‘ozibekovning xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: «Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini o‘zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi»1 Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko‘chuvchi kapital bo‘lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi. Iqtisod fanlari doktori N.Qo‘zievaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to‘g‘risida: «Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko‘rinishdagi boyliklar (ko‘char, ko‘chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshq.) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot va boshqa mukofotlar)ni qo‘yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi»2 degan ta’rif keltirilgan. Olimaning fikricha, xorijiy investitsiyalarni turli belgilariga asoslangan holda tasniflash ularning iqtisodiy mohiyatini yanada oydinlashtiradi.


Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari himoyasini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilingan, investitsiya muhiti takomillashtirilmoqda va qo‘shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo‘yicha izchillik bilan faoliyat yuritilmoqda. Bu yo‘nalishdagi g‘oyat muhim vazifalardan biri kapital qo‘yilmalarning samarali yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o‘zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi. Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o‘rnini bosuvchi, eksportni kengaytiruvchi) birini – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qo‘yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida jo‘shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi.


Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko‘chib yurishi, xalqaro raqobatning paydo bo‘lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo‘lib, qaytmas jarayon hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini o‘zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog‘lash bo‘lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo‘ylab kapital ko‘chishi yuz beradi. Kapitallarning mamlakatlar bo‘ylab ko‘chib yurishidagi asosiy xarakatlantiruvchi motiv - ularni safarbar etish hamda band qilishning nafliroq sharoitlaridir. Ishlab chiqarishni chet ellarga chiqarishning kuchayishi, chet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotga kirib kelishini iqtisodiyotlar rivojlanishini jadallashtiradigan jarayon tarzida baholash kerak.



Download 82.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling