Moliya bozorini muvofiqlashtirish asoslari
Innovatsiyalar tushunchasi va ularning tasnifi
Download 281.5 Kb.
|
Inn. faoliyat va Inn tushunchasi
2. Innovatsiyalar tushunchasi va ularning tasnifi. Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini ta’minlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini ko’paytirishdir. Innovatsiyalar o’zining predmeti va qo’llash sohalari bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: 1. mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar); 2. bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish); innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish jarayonlari)Har qanday iqtisodning bosh bo’g’inini ishlab chiqarish tashkil etishi munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qo’llashni, turli yo’nalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, ya’ni investitsiyalarni kiritishni talab etadi. Bunda innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy va g’oyaviy-siyosiy belgilarini takomillashtirilishiga safarbar etiladi. Bunday investitsiyalar resurslar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xizmatlar, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizm, intilinayotgan g’oya va siyosatning ustuvorligini ta’minlanishiga qaratiladi.Erkin raqobat muhitida firma (korxona) innovatsiya strategiyasini yaxlitlikda ta’minlashga qaratilgan investitsiyalar: moliyaviy holatga risk vaziyat ta’sirini kamaytirish qobiliyatiga ega bo’lish kabi vazifalarni qamrab oladi va ularni ta’minlashga qaratiladi.Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning (1-ilova) innovatsiyalarga bergan ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish va yoki bozor talabini kengaytirishga yordam qiladi. Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlari sifatida: 1. Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar 2. Endogen yoki ekzogen innovatsiyalar 3. Sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasiDownload 281.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling