banklarga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, shu jumladan ularga kreditlar berish bo‘yicha cheklovlarni; - banklarga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, shu jumladan ularga kreditlar berish bo‘yicha cheklovlarni;
- kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot xavfsizligiga doir minimal talablarni;
- kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolarining binolariga, ularning himoya qilinishini ta’minlashga, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishiga hamda dasturiy ta’minotiga doir talablarni;
- banklarning faoliyatini tugatish va banklarni tugatish, shu jumladan ixtiyoriy shaklda tugatish tartibini;
- banklarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini;
- tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash uslubiyotini;
- banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uslubiyotini;
- yuridik shaxslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar soni va boshqalar) sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimini (“tartibga solish qumdoni”);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan to‘lov agentining (subagentining) yoki banklar, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini; - mikromoliya tashkilotlari tomonidan to‘lov agentining (subagentining) yoki banklar, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;
- mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatish tartibini;
- Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlardan kelib chiqqan holda boshqa talablarni.
- Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak va u tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi lozim.
- Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |