Молия бозорини тартибга солиш


Nobank kredit tashkilotlari


Download 1.02 Mb.
bet4/8
Sana07.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1340842
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 дарс Молия бозорини тартибга солиш

Nobank kredit tashkilotlari

  • Mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
  • Lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
  • Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.

Ustav kapitalining eng kam miqdori:

ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard so‘mni;
mikromoliya tashkiloti uchun — ikki milliard so‘mni;
lombard uchun — besh yuz million so‘mni tashkil etishi kerak.

Markaziy bankning tartibga solish va nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish

  • Markaziy bankning tartibga solish va nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish
  • Markaziy bankning tartibga solish va nazorat qilish vazifalarini Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi amalga oshiradi.
  • Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasining vazifalari, vakolatlari va funksiyalari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
  • Kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning faoliyatini inspeksiya qilish (tekshirish) Markaziy bankning vakolatli xodimlari va Markaziy bank tomonidan belgilanadigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Markaziy bank bankning ichki auditi o‘tkazilayotganda auditorlardan Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga, shu jumladan tartib-taomillar va uslubiyotlarga rioya etilishini talab qilishga, shuningdek bevosita auditorlardan bank auditi bilan bog‘liq axborotni olishga haqli.
  • Markaziy bank kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimlari operatorlari uchun majburiy bo‘lgan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tasdiqlaydi.
  •  

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling