Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish reja


Investitsiya ob’ektlari bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


Download 50.28 Kb.
bet3/8
Sana30.01.2024
Hajmi50.28 Kb.
#1816854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish-fayllar.org

1. Investitsiya ob’ektlari bilan bog’liq bo’lgan xatarlar

- Biznes xatar


- Moliyaviy xatar


- Xususiy investorlar bilan bog’liq bo’lgan dividendlarni to’lamaslik xatari


- Korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- Boshqaruv bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- qimmatli qog’ozlarning likvidligi bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- Konvertatsiya bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- Valyuta bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- Kredit bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- Tarmoq xatari


- Katostrafik xatar





2. Investitsiya yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lgan xatarlar

- Chet el mamlakatlarida joylashtirilgan qimmatli qog’ozlar xatari


- Regional xatar


- Mahsulotlarni sotib olish va etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xatarlar


- To’lov qobiliyati bilan bo’lgan xatarlar va h.k.


Bu xatarlarning har birini alohida ko’rib chiqaylik.



1. Investitsiya ob’ektlari bilan bog’liq bo’lgan xatarlar – emitentning to’lov qobiliyati va oladigan daromadlari bilan bog’liq. Turli xil favqulodda xatarlar bo’lib, emitentni qimmatli qog’ozlar sotib olishi uchun qobiliyati kamayishi yoki umuman sotib olish mumkin bo’lmay qoladi.
2. Biznes xatar – korxona faoliyatidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ya’ni, uning reytingini tushib ketishi, bir aktsiyaga olinadigan dividendni, ish haqini, bahoning oydaga nisbati, foydaning korxona aktivlariga nisbatan pastligi natijasida blishi mumkin.
3. Moliyaviy xatar – korxonaning passiv balansining samaradorligi bilan bog’liq.
4. Dividendlarni to’lamaslik xatari – umumiy ko’rinishdagi xususiy bir xatardir.
5. Korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xatar – korxonani bozordagi mavqei bilan bog’liq. Ba’zi korxonalar konservativ turga xos bo’lib korxonani kengaytirish, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish strategiyasini ishlab chiqmaydi. Bora-borib ular oldida bankrotlik xavfi paydo bo’ladi.
6. Boshqaruv bilan bog’liq bo’lgan xatarlar – bu korxona menedjerlarning malakasi bilan bog’liq bo’ladi. Agar biznes-mnedjerlar xatolarga yo’l qo’ysa korxona zarar ko’rib QQBda faoliyati pasayadi.
7. QQni likvidligi bilan bog’liq xatarlar – QQ sifatini o’zgarishi, qqni sotish bahosining o’zgirishi yoki komission haqning o’zgarishi bilan bog’liqdir. Nolikvidli aktivlar yuqori foyda keltirmaydi va qqni sotishda ularning bahosining pasayishiga olib keladi.
Kredit bilan bog’liq bo’lgan xatarlar – qqni chiqargan yuridik shaxsni to’lov qobiliyatining pasayishi bilan bog’liqdir.
9. Valyuta bilan bog’liq bo’lgan xatarlar – bu QQni sotib olishda valyuta kursining o’zgarishi bilan bog’liqdir.
10. Konvertatsiya bilan bog’liq bo’lgan xatarlar – bu imtiyozli aktsiyalarni, obligatsiyalarni oddiy aktsiyalarga aylantirish jarayonida yuzaga keladi.
11. Tarmoq xatari – bir tarmoqdagi korxonalar o’zaro konkurentsiyada yaxshi natijalarga erishish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larni sarflaydilar natijada investitsiyaning daromadligi pasayadi.
12. Katostrafik xatar – tadbirkorlarning qo’pol xatolari natijasida korxonaning bankrotlik holati bilan bog’liqdir.
13. Chet el mamlakatlarida joylashtirilgan qqlar xatar – bu qqni moliyaviy jihatdan o’ziga mustahkam bo’lmagan mamlakatlarda joylashtirish bilan bog’liq. Bu mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy vaziyati bilan, undagi soliq siyosati bilan bog’liqdir.
14. Regional xatar – bu turli regionlarni iqtisodiy holati, fond bozorining rivojlanish darajasi, QQBni uyushtirishdagi savdo-sotiq texnologiyasi soliq siyosati, ekologik vaziyat, mahalliy hokimiyatlarning ish uslubi bilan bog’liq.
Yuqorida aytilgan barcha xatarlar vaqtinchalik bo’lishi ham mumkin. Xatarning oldini olish uchun QQB “Sotish vaqti” va “Sotib olish vaqtini” yaxshi payqash kerak ya’ni, qqni yuqori kursi vaqtida sotish, kurs eng past vaqtida sotib olish kerak. Buning uchun QQBni yaxshi o’rganish kerak.
QQBda texnik xatar ham mavjud, bu QQB bilan olib boriladigan savdo-sotiqdagi servis darajasi bilan bog’liq, ya’ni bu to’lovda, kliringda qo’yilgan texnik xatolar natijasida vujudga kelishi mumkin. Bularni oldini olish uchun bu sohada faqat professional xodimlardan foydalanish kerak..
Xatarlarni baholash darajasiga qarab quyidagi hulosaga kelish mumkin, ya’ni:
  • umumdavlat miqiyosidagi xatarlar;


  • tarmoq miqiyosidagi xatarlar;


  • korporativ (korxona, firma) miqiyosidagi xatarlar;


  • ayrim investorlar holati bilan bog’liq xatarlar.


Bularning kelib chiqish sababi, huquqiy-ijtimoiy, moliya, inflyatsiya, likvidlik bozorining rivojlanish darajasi bilan bog’liq.


Fond birjasida «Ayiqlar», «Buqalar» va nobirjaviy bozorda «quyonlar» o’yinlari mavjud.

Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar bozorida faoliyat ko’rsatayotgan professional ishtirokchilar o’z daromadlarini oshirish maqsadida turli xil o’yinlarni qo’llaydilar. Fond birjasidagi bu o’yinlar maxsus terminlar bilan ataladi.


Birinchisi “Ayiqlar o’yini” - daromad olish maqsadida qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlarni narxini pasaytiishga qaratilgan jarayondir. Professional ishtirokchilar qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlar narxini pasayishini oldindan sezgan holda uni ma’lum muddatga qarzga olib turadilar. qarzga olingan qimmatli qog’ozlar ham uni narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. qarz muddati etib kelgach qqning narxi pasayib ketadi va shu pasaygan narx bo’yicha “Ayiqlar” qarzga olgan qimmatli qog’ozlar uchun o’z qarzini to’laydi. Bunda “Ayiqlar” ning daromadi qarzga olingan qimmatli qog’ozlarni sotish narxi va qarzni to’lash vaqtida uning bahosi tafovuti ko’rinishida ifodalanadi. Kreditorlar esa o’zlarining qimmatli qog’ozlarni naqd pulga aylanishidan manfaatdor bo’ladilar.
Ikkinchisi “Buqalar o’yini”. Bunda “buqalar” qimmatli qog’ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularning bozor narxini ko’tarilishini poylab turadilar. Bozor narxi ko’tarildimi “Buqalar” qimmatli qog’ozlarni sotadi. Natijada daromad oladi. Boshqacha qilib aytganda, birja konyukturasidan foydalanib “Ayiqlar” va “Buqalar” havodan pul yasaydilar.
Uchinchisi “quyonlar o’yini”. U nobirjaviy bozor bo’lib, keng ommaga ma’lum bo’lmagan yoki ishonchsiz emitentlarning rasmiy ro’yxatga olinmagan va muayyan narxga ega bo’lmagan moliyaviy vositalarning oldi-sotdisi natijjasida amalga oshirladi. Bunda “quyonlar” nobirjaviy bozorda narxlar tafovutidan daromad olish maqsadida qqning tavakkalchilik asosida sotib oladi va qayta sotadi.



Download 50.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling