Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish reja


Download 50.28 Kb.
bet5/8
Sana30.01.2024
Hajmi50.28 Kb.
#1816854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish-fayllar.org

Birinchi hol – tadbirkor bir oydan keyin dollar sotib olmoqchi, qaysikim hozirgi kunda 1000 sum turadi. U tavakkal qiladiki, bir oy ichida dollarning bahosi oshadi. Shuning uchun xatardan o’zini saqlash uchun 3 oy muddatga fyuchers shartnomasi tuzadi. Shartnomaga ko’ra, 1 dollarning bahosi 1100 sumga teng qilib belgilanadi. Bir oy muddat o’tadi va tadbirkor jismoniy shaxsdan dollarni 1100 sumdan sotib oladi. Shu davr ichida fyuchers bozorida dollarning narxi 1200 sumni tashkil etadi. Yana 2 oy ichida fyuchers bozorida dollarning narxi yana ko’tarilishi mumkin. Endi tadbirkor jismoniy shaxsdan dollarni 1100 sumdan sotib oladi va fyuchers shartnomasini 1200 sumdan sotadi. Yakuniy hulosa shuki, sotib oluvchi sifatida tadbirkor 100 sum yo’qotadi, sotuvchi sifatida esa 100 sum yutib chiqadi. Natijada xatar xavfi 0 ga teng bo’ladi. Agarda shu davr ichida fyuchers shartnomasi 1200 sum emas, 1300 sumni tashkil qilganda edi tadbirkor har bir dollardan 100 sum qo’shimcha foyda olar edi.
Ikkinchi hol – Xedjir o’zini akyiya bahosini pasayish xataridan sug’o’rta qiladi. Buni aktsiya indeksiga bo’lgan fyuchers shartnomasi asosida erishish mumkin. Tadbirkorning aktsiyasi bor. Har birining bahosi hozirgi kunda 1000 sum turadi. Tadbirkor uy qurmoqchi, buning uchun unga bir oydan keyin pul kerak bo’ladi. Agar bir oy ichida aktsiyaning kursi pasaysa (masalan 900 sumga tushsa) tadbirkorning puli uy qurishga etishmaydi. Shuning uchun tadbirkor o’z aktsiyalariga fyuchers shartnomasini uch oyga tuzadi. Unda aktsiya kursi 1100 sum qilib belgilanadi. haqiqatda aktsiyaning kursi yuqorida aytilgandan 900 sum tushadi, bu sharoitda tadbirkor fyuchers shartnomani 1100 sumga sotadi. Natijada tadbirkor aktsiya sotuvchi 100 sum yo’qotadi (1000 sum aktsiyani 900 sumga sotadi). Fyuchers shartnomani sotish natijasida foyda oladi.
Xuddi shu hol optsion bozoridagi xedjirlashda ham takrorlanadi, faqat bu bozorda mukofot haqi ko’payishi mumkin. Birja strategiyasi fyuchers shartnomalarining turli vaqtlariga qarab optsionlarni sotish vaqtiga qarab ishlab chiqiladi.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozori endi shakllanib kelmoqda. Shuning uchun ham tavakkalchilik xatarining oldini olishda avvalambor bu borada qabul qilingan qonunlar katta o’rin egallaydi. Masalan, “qimmatli qog’ozlar va fond birjasi” qonuni investorlarning noto’g’ri ma’lumotlar olinganligi tufayli ko’rilgan zararlaridan qimmatli qog’ozlar bozoridagi oldi-sotdida nohaq kelishuvlar natijasida ko’rilgan ziynni oldini olishda himoya qiladi. qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchilari qonun hujjatlarini buzganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Birjadagi xavf-xatarni kamaytirish uchun fond birjasidagi ishlarni jahon standartlari darajasiga ko’tarish qq listingini va koterovkasining tartibini joriy etish, fond bozorining asosiy tuzilmalari bo’lmish birjalarni, depozitariylar va hisob-kitob kliring tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloqa tizimlarini yaratish ham katta ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqari, qimmatli qog’ozlar bozorining ilmiy statistik analiz qilish, ekspertizalar o’tkazish, tadbikorlar va menedjerlar fikrini o’rganish ham qimmatli qog’ozlar bozori xavf-xatarini kamayishiga yoki oldini olishiga xizmat qilishi mumkin. Tarixsiz kelajak yo’q deyishadi olimlar. Shuning uchun qimmatli qog’ozlar bozorida xavf-xatarlarning oldini olish uchun O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozori qanday paydo bo’lganligini chuqur anglash bugungi vaziyatni yanada to’laroq baholash va uning rivojlanish istiqbollarini chuqur o’rganish kerak.



Download 50.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling