Moliya bozorining risklari va partfelni boshqarish


Investitsion portfellar, ularning mazmuni, turlari, shakllanish va boshkarish asoslari


Download 141.5 Kb.
bet6/8
Sana24.12.2022
Hajmi141.5 Kb.
#1063798
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA BOZORINING RISKLARI VA PARTFELNI BOSHQARISH

Investitsion portfellar, ularning mazmuni, turlari, shakllanish va boshkarish asoslari

Investitsiya jarayoni – bu investorlarni qachon qancha miqdorda qimmatli qog’ozlarni sotib olishiga yo’naltirilgan faoliyatdir. Bu jarayon o’z ichiga besh masalani qamrab oladi:


1. Investitsiya siyosatini tanlash.
2. Qimmatli qog’ozlar bozorini o’rganish va analiz qilish.
3. Qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirish.
4. Qimmatli qog’ozlar portfelini qayta ko’rib chiqish.
5. Qimmatli qog’ozlar portfelini samaradorligini baholash.
Bu jarayonlar haqidagi to’liq ma’lumotlarni seminar darslari davomida o’rganib chiqamiz. hozir esa har biri haqida qiskacha ma’lumot olamiz.
1. Investitsiya siyosatini tanlash – investorning maqsadini va kay xajmda kimmatli kogozlar sotib olish uchun investitsiya qila olishini belgilaydi. Chunki investor uchun «kup pul qilish» daromad bilan risk urtasidagi kurashdan iborat. Shuning uchun xam investor siyosatni tanlashda bu xavfni xisobga olish kerak. Investor uchun asosiy vazifa portfelni kaysi turdagi kimmatli kogozlar bilan tuldirish. Bu borada u kaysi kimmatli kogozlarga solik imtiyozlari borgligini xisobga olishi kerak.
2. Kimmatli kogozlar bozorini urganish va analiz kilish. Bu jarayonda investor kimmatli kogozlarning barcha turlarini xar tomonlama urganib, xozirgi boskichda kaysi biri kuprok daromad keltirishini aniklash kerak. Buning uchun investor kimmatli kogozlar bozorini texnik analiz va fundamental analiz yullaridan foydalanishi kerak.
3. Kimmatli kogozlar portfelini shakllantirish. Bu borada investor kaysi aktivlar xisobiga kimmatli kogozlarning kaysi turi bilan portfelni tuldirish masalasini xisobga olish kerak. g’arbda shunday bir maqol bor: «Ne kladi vse yaytso v odnu korzinu», ya’ni barcha tuxumlarni bir savatchaga qo’yma. Bu holda investor kimmatli kogozlarni turli xillari bilan ishlashi kerak. Ya’ni selektsiya o’tkazishi kerak va bir qism pulni jamg’armada saqlab turishi kerak. Kimmatli kogozlar bozoridagi vaziyatni o’rganib, vaqtni poylab kerakli kimmatli kogozlarni sotib olishi kerak. Bu holda u riskning oldini oladi. Yana shu bozorda diversifikatsiyadan samarli foydalanish yo’llarini ishlab chiqishi kerak.
4. Kimmatli kogozlar portfelini qayta ko’rib chiqish. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin kimmatli kogozlar bozoridagi investorning maqsadi o’zgarishi mumkin. Shuning uchun ham u ma’lum bir vaqtda kimmatli kogozlarning bir qismini sotib, ularning o’rniga yangi ko’proq daromad keltiradigan kimmatli kogozlar bilan to’ldirishi kerak, ya’ni bu jarayon har doim takrorlanib turishi kerak.
5. Kimmatli kogozlar portfelini samaradorligini baholash. Bu jarayonda investor kimmatli kogozlar bozorida oladigan daromadini va risk o’rtasidagi nomuvofiqlikka katta e’tibor berishi kerak. Buning uchun ma’lum bir standartilar (etalonlar) ishlab chiqish kerak.
Dunyo amaliyotida fond bozorida investitsion portfelni shakllantirish deganda jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli kimmatli kogozlarning bir butun yig’indisiga tushuniladi. Kimmatli kogozlar portfelini shakllantirish bu ko’proq foyda olish niyatida turli xil kimmatli kogozlarni sotib olish, investitsiya samaradorligini oshirish va risklarni kamaytirish borasidagi jismoniy yoki yuridik shaxslarning faoliyatidir.
Nazariy jihatdan kimmatli kogozlar portfelini bir xil kimmatli kogozlar bilan ham shakllantirish mumkin yoki bir kimmatli kogozni boshka biri bilan ham almashtirish mumkin. Lekin bu holda investor tomonidan yuqori daromad olish imkoniyati kamayadi. Risk xavfi esa kuchayishi mumkin. Shuning uchun ham kimmatli kogozlar portfeli turli xil kimmatli kogozlar bilan shakllanishi maqsadga muvofiqdir. Kimmatli kogozlar portfelini shakllantirishda kurs qiymati oshib borayotgan kompaniyalar aktsiyalari hisobiga shakllantirishga harakat qilish kerak. Buning uchun kimmatli kogozlar portfelini shakllantirshining turli yo’llari mavjud:
Birinchidan, o’sish portfeli – bu yo’lda aktsiya kurslari oshib borayotgan kompaniyalar aktsiyalaridan kimmatli kogozlar portfelini tashkil toptirish kerak. Bu ayniqsa yangi paydo bo’layotgan, kelajagi porloq bulgan kompaniyalari aktsiyalaridan, bir necha yildan beri o’sish sur’atlari stabil bulgan nomi dongdor kompaniyalari aktsiyalaridan portfelni shakllantirish kerak.
Ikkinchidan, daromad portfeli – bu holda kimmatli kogozlar portfeli yuqori daromad keltiruvchi, protsent va dividendlari yuqori ta’minlovchi kimmatli kogozlarga qaratilishi kerak. Bu o’rinda nafaqat kursi oshib borayotgan aktsiyalar balki yuqori daromad keltiradigan obligatsiya va boshka kimmatli kogozlardan portfelni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Bu hol kimmatli kogozlar bozoridagi risklarni minimal darajaga olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, pul bozori portfeli – bu kapitalni to’liq saqlanishiga qaratilgan bulib, kimmatli kogozlar portfeli tez o’sib borayotgan aktivlar hisobiga shakllantiriladi. Kimmatli kogozlar bilan ishlashning «oltin qoidalari»dan biri «hech vaqtda barcha pulingizni kimmatli kogozlar sotib olishga sarflamang, bir qismini faqat bo’sh pul sifatida saqlang, uni nohosdan vujudga kelgan qulay investitsion loyihalarni hal etishga ishlatish uchun».
To’rtinchidan, solikdan ozod qilngan kimmatli kogozlar hisobiga kimmatli kogozlar portfelini shakllantirish. Buning uchun yuqori likvidli davlat qarz majburiyatlarini sotib olish kerak. Bu qig’ozlar yuqori daromadli bulib, solikdan ozod qilingan. Masalan: davlat qisqa muddatli obligatsiyalar hisobiga portfelni shakllantirish.
Beshinchidan, davlat va mahalliy hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan kimmatli kogoz hisobiga portfelni shakllantirish. Bu kimmatli kogozlar diskont bilan sotib olinadi va solik imtiyozlariga ega. Xuddi shunday chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan kimmatli kogozlarni sotib olish ham o’z egasiga yuqori daromadlar keltiradi.
Oltinchidan, turli tarmoqlardagi korxonalar tomonidan chiqarilgan kimmatli kogozlar hisobiga portfellarni shakllantirish. Ayniqsa konvertlashtirilgan imtiyozli aktsiya va obligatsiyalarni sotib olib, vaqtadbirkor poylab ularni oddiy aktsiya va obligatsiyalarga almashtirsa, yuqori foyda olishi mumkin.
Xo’sh, savol tug’ilishi mumkin. Portfelda qancha kimmatli kogozlar bo’lishi yuqori daromad keltiradi. Risklarning eng kam darajasi bu portfel 40dan 70gacha turli xil kimmatli kogozlar bilan shakllantirilsa. Agar kimmatli kogozlar portfeli bundan ortiq turlar bilan shakllantirilsa, diversifikatsiya samarasi nisbatini alternativ asosida o’rganish va shu yo’l bilan qaysi variant ko’proq daromad keltirishini aniqlashdir.
G. Markovitts portfel riskini ikki bo’limga ajratadi:
Birinchi bo’limda har qanday sharoitda vujudga keladigan doimiy risk. Buning oldini olish mumkin emas.
Ikkinchi bo’limda o’ziga xos (risklar) xatarlar bulib, kimmatli kogozlar bozorida turli manevrlar o’tkazib ularni oldini olish mumkin xisoblanadi va risk darajasini nolga keltirish mumkin. Shu yo’l bilan kelajakda kam foyda keltiradigan kimmatli kogozlar portfelidan kutilish mumkin.

Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling