Birinchi guruhga fond bozorining umumiy holati bilan bog’liq bo’lgan xatarlar. Bu xatar qqBda bo’lgan barcha qimmatli qog’ozlar turini o’z ichiga olishi mumkin, ya’ni bu xatar diversifikatsiya bo’lmaydi, qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilingandagi davrdan boshlanishi mumkin. Buni quyidagi sxemada ko’rishimiz mumkin.
Fond bozorining umumiy holati bilan bog’liq bo’lgan diversifikatsiya bo’lmaydigan xatarlar
|
Inflyatsiya jarayoni bilan bog’liq bo’lgan xatar
|
qonunchilikni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xatar
|
Foiz (protsent) darajasini o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xatar
|
“Ayiqlar”, “Buqalar” bozoridagi xatar
|
Harbiy konfliktlar bilan bog’liq bo’lgan xatar
|
Bu xatarlarning kelib chiqishiga sabab hali qimmatli qog’ozlarning milliy bozori jahon andozasi rejimida ishlay olmasligidir. Endi shu xatarlarni birma-bir ko’rib chiqaylik:
1. Inflyatsiya jarayoni bilan bog’liq xatar.
Sarmoyador (investor) qimmatli qog’ozlarni sotib olgan vaqtda har doim inflyatsiya xavfi bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaning yuqori bo’lishi ko’zlangan daromadni olishga yo’l bermaydi va investor ma’lum darajada ziyon ko’rishi mumkin.
2. qonunchilikni o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan xatarlar.
Mamlakatda Prezidentining o’zgarishi bilan yoki boshqa sabablarga ko’ra amaldagi qoununlar o’zgarishi mumkin yoki ularga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin. Natijada hukumat o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaydi. Bu hol qimmatli qog’ozlar bozoriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. (Masalan, O’zbekiston Respublikasida 1992 yil chiqarilgan 12% ichki zayom yutuqlarini noma’lum muddatga muzlatganligi, soliq tizimidagi o’zgarishlar, savdo qoidalarining o’zgarishi va h.k.).
3. Foiz (protsent) darajasining o’zgarishi.
Bu hol qimmatli qog’ozlar bozorida bozor bahosining o’zgarishi natijasida olinadigan protsentga ta’sir ko’rsatadi. Kredit tizimini, valyuta kursini o’zgarishi natijasida moliya bozoridagi o’zgarishlarga olib keladi va ko’zlangan foydani olishni kamayish xatari yuzaga keladi.
4. Harbiy konfliktlar (mojarolar) bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatarlar.
Harbiy holat natijasida mamlakatda birjalar ishi yopiladi, qimmatli qog’ozlar bozoridagi savdolar to’xtatiladi va bu hol bir butun moliya bozoriga ta’sir ko’rsatadi.
Ikkinchi guruh xavf-xatarlar fond bozorining ayrim hollari bilan bog’liq bo’lgan (diversifikatsiya holatidagi) xatar. Ular quyidagi ikki turga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |