Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari


Download 2.18 Mb.
bet72/111
Sana25.10.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1719718
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va 1

4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari
va vazifalari
Masalalar. Hozirgacha byudjet xarajatlari bо‘yicha bir nyecha kamchilik-nuqsonlar mavjud. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:

  • byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorligi nisbatan past;

  • byudjet mablag’larini maqsadsiz sarflash amaliyoti keng tarqalgan;

  • byudjet daromadlari bо‘yicha Rejalar bajarilmagan sharoitda xarajatlar ayrim yо‘nalishlarining Moliyalashtirilishi noproporsionaldir;

  • byudjet xarajatlari davlat sosial siyosatining pishib yetilgan muammolarini hal etaolmayapti;

  • sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib borayapti;

  • milliy xо‘jalikka davlat investisiyalari minimum darajagacha qisqardi;

  • va boshqalar.

Byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalar. YUqoridagi kamchilik-nuqsonlarning mavjud ekanligi byudjet xarajatlari bо‘yicha bajarilishi lozim bо‘lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning о‘z vaqtida bajarilishini taqoza etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilar kirishi mumkin:

  • eng samarali va sosial ahamiyatga ega bо‘lgan loyihalarga byudjet mablag’larini qonsyentrasiya qilish, sosial xarajatlarni Moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash;

  • sub’yektlarga tо‘lovlar bо‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning tо‘liq uzilishiga erishish;

  • iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investisiyalarni davlat tomonidan Moliyalashtirishni kengaytirish;

  • loyihalarni Moliyalashtirishning davlat-tijoriy amaliyotini kengaytirish asosida investision jarayonlarning nomarkazlaShuvini davom ettirish;

  • davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bо‘yicha xarajatlarni qisqar-tirish;

  • harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mо‘ljallangan byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • ayrim tarmoqlar zararlarini qoplashga yо‘naltiri-layotgan dotasiyalarni kamaytirish;

  • maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli moddalari bо‘yicha xarajatlarni qisqartirish;

  • byudjet xarajatlarini eng samarali chiqimlarga konsyentrasiya qilish (tо‘plash, sarflash);

  • fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor Moliyalashtirilishini ta’minlash;

  • byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning g’aznachilik tizimiga о‘tishni tyezroq sur’atlarda tugatish;

  • va boshqalar.




Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling