Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo ular kapitalining asosiyqismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir
Download 18.52 Kb.
|
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiyqismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, o’z navbatida, bank sektorida sog’lom raqobatga to’siq bo’lib, xizmat ko’rsatish sifatiga ta’sir qilmoqda. Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko’magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat muhitini yahshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi.”1 Asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlar, hisobotlar va tahlillar, natijalarda ijobiy o’zgarishlar ro’y berib, valyuta amaliyotlarida banklarning mutloq yetakchiligiga erishildi. Bankdan tashqari pul mablag’lari aylanmasi minimum darajagacha qisqartirildi. Asosiy istiqboldagi dasturlar va rejalarda tijorat banklarining o’rni mustahkam belgilab olindi. belgilab olindi. Vakillik munosabatlari banklararo hisob-kitoblarda mablag’larni o’tkazish, jalb etish, hamkorlik aloqalarini o’rnatish va yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi bois, unga jiddiy tarzda yondashish bo’yicha umumiy holatni hamda ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, qolaversa ilmiy va pedagogik ko’mak olish maqsadida xorijiy bank amaliyoti mutaxassislarini jalb etishga asoslanadi. Bank amaliyotida juda ko’plab muammolarga duch kelinayotgan vakillik hisob varaqalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar ilmiy doiralarda ham deyarli o’rganilmayotganligi, mustaqil tadqiqot institutlari o’rganishi uchun yetarli tizim va sharoit yaratilmaganligi, bu sohada izlanayotgan mutaxassis kadrlarning qo’yilgan masalani atroflicha tahlil qilishda ularni boshi berk ko’chaga olib kelmoqda. Mavzu doirasida axborotlarning yetarli emasliligi, o’quv va ilmiy, tahliliy nashrlar, davriy matbuotda deyarli uchramasligi, tijorat banklarining vakillik munosabatlariga doir ma’lumotlarini o’ta maxfiy saqlashi ham bunga asosiy to’siqlardan bo’lib hisoblanmoqda. Bank amaliyotida tijorat banklarimizning norezident banklar bilan vakillik va hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga hamisha ham intilavermasligi, yoki yetarli darajada rivojlanmaganligi, banklarimizda ma’lum muddat faoliyat yuritib, hozirda bekor qilingan xorijiy valyutadagi vakillik hisob varaqalarining muhimligi ham mavzuining dolzarbligi ko’rsatadi. So’nggi yillarni istisno etgan holdagi iqtisodiy va moliyaviy vaziyat taqozosiga ko’ra banklarning o’zaro teng kuchli munosabatga kirishishlari hamda hamkorlik yoki boshqa faoliyat olib borishlari oldidagi to’siqlarni bartaraf etish birlamchi masala bo’lgani tufayli, vakillik munosabatlarini olib borilishiga qadar muammo kun tartibidan olib tashlangan. Shuningdek, mablag’ tejash maqsadida aksariyat shartnomalar (jumladan, vakillik munosabatlari ham) bir martalik yoki vaqtinchalik tuzilishi ortidan uzoq muddatli istiqbolli hamkorlik haqida gap bo’lishi mumkin emas edi. akillik munosabatlari banklararo hisob-kitoblarda mablag’larni o’tkazish, jalb etish, hamkorlik aloqalarini o’rnatish va yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi bois, unga jiddiy tarzda yondashish bo’yicha umumiy holatni hamda ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, qolaversa ilmiy va pedagogik ko’mak olish maqsadida xorijiy bank amaliyoti mutaxassislarini jalb etishga asoslanadi. Kurs ishi mavzusining tadqiqot obyekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan rezident va norezident banklar o’rtasidagi vakillik munosabatlari yuritiladigan hisob varaqalari bo’lib hisoblanadi. Vakillik munosabatlarini olib borishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko’zlandi : – banklararo vakillik munosabatlarining faoliyatiga to’siq bo’layotgan muammolar va murakkabliklarni asl mohiyatini o’rganish; – vakillik munosabatlarini takomillashtirishga samarali ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan elektron to’lov tizimini imkoniyatlarini oshirish. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan: – tijorat banklarida amalda bo’lgan vakillik munosabatlari o’rnatilishining huquqiy va iqtisodiy holati va ahamiyatini tahlil qilish; – banklararo vakillik munosabatlari olib boriladigan hisobvaraqlar bo’yicha mavjud muammolarni aniq belgilab olish; – banklararo vakillik munosabatlarini ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni takomillashtirishning soddalashgan va zamonaviy yondashuvlarini ishlab chiqishga reja-asosnoma tuzish; – mahalliy va xorijiy amaliyot va bank mutaxassislarining mavzu bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot ishlanmalarini bir-birlarini to’ldirish yuzasidan taqqoslash o’tkazish. belgilab olindi. Download 18.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling