Triggerlar va Registrlar Reja


Download 13.8 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi13.8 Kb.
#1722498
Bog'liq
Triggerlar va Registrlar Reja


Triggerlar va Registrlar
Reja:


1. Xotira elementlari – triggerlar.
2. Triggerlarning sinflanishi.
3. Registrlar.

Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”)ni saqlaydigan xotira elementi. Mantiqiyelementlardan farqli ravishda trigger ichki holatga - xotiraga ega. Triggerlar ikkita chiqishga: 1) Q- to'g'ri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga to'g'ri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1», inkorli chiqishidagi (Q ) signalning past holati «0» to'g'ri keladi. Trigger qurilmasining kirishlari
informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga bo'linadi. Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan o'rnatish uchun, hamda ularni sinxrosignal bilan ta'minlash uchun hizmat qiladi. Trigger
kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga bog'liq. Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari orqali belgilanishi qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V simvollar bilan belgilanadi.
T riggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q - chiqishlarni belgilaydi.


Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional imkoniyatlari bo'yicha sinflash mumkin. Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha: asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo'lish momentida o'z reaksiyalarini ko'rsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud bo'lgandagina informatsion kirishlardagi signallarga o'z reaksiyalarini bildiradilar. Sinxron triggerlar o'z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga bo'linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal «0» dan «1» ga o'zgarganda yoki «1» dan «0» ga o'zgarganda qabul qila oladi. Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo'linadi. Bir bosqichli triggerlar informasiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko'chirib o'tkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo bo'ladi.Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:


- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
- sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).

Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi





Registr deb axborotni qabul qiluvchi, saqlovchi, murakkab bo'lmagan o'zgartirishlar (chapga va o'nga surish)ni amalga oshiruvchi, hamda axborotni to'g'ri va teskari kodlarda uzatuvchi qurilmaga aytiladi. Registrlar ketma-ket kodlarni parallel kodga va aksincha o'zgartirishda ham ishlatiladi. Registrlarning asosini triggerlar hosil qiladi va triggerlarni ketma-ket yoki parallel ulash orqali registr sxemasi hosil qilinadi. Sonning xar bir razryadi registrning razryadiga (saqlovchi triggerga) mos keladi. Registrlarning parallel, ketma-ket prinsipda ishlovchi, o'nga va chapga suruvchi, hamda reversiv turlari mavjud. Parallel prinsipda ishlovchi registrlarda kodlar parallel yoziladi va o'qiladi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registrlarda esa kodlar ketma-ket yoziladi va o'qiladi. O'nga va chapga suruvchi registrlar kodlarni o'nga va chapga surish uchun xizmat qiladi.

Yuqoridagi rasmda D-trigger asosida qurilgan o'nga suruvchi, ketma-ket prinsipda ishlovchi registr sxemasi keltirilgan.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish” –Toshkent: O’qituvchi, 2011.


  1. Abdullaеv M.M., Nazarov X.N., Abdullaеva S.B., Tolipov A.R., Matyoqubov N.R. “Hisoblash tеxnikasi va boshqarish sistеmalarining elеmеntlari va qurilmalari”. Ma'ruzalar matni. Toshkent 2011.




  1. O’ljaеv E.U.” Mikroprotsеssorlar, mikro EHM asoslar”. O’quv qo’llanma. Toshkеnt. 2011.

4. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. “Avtomatikaning tеxnik vositalari” Toshkent, 2012.
Download 13.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling