Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari
Download 0.8 Mb.
|
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va
3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kyelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kyelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan Moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet fondlari kiradi. О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet davlatlardan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari, ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan tо‘lovlar va davlatning Moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan.13 Dyemak, «Byudjet tizimi tо‘g’risida»gi qonunda soliqsiz daromadlarning yoki soliqdan tashqari tо‘lovlarning uch asosiy turi e’tirof etilgan. Rossiya Fyedyerasiyasida Yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad turidan tashqari, Fyedyeral yо‘l fondining mablag’lari, markazlashgan ijtimoiy rivojlantirish fondining mablag’lari ham byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan. Bizning fikrimizga kо‘ra, davlatning maxsus maqsadli fondlari pul mablag’larini soliqsiz daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Buning sababi Shundaki, birinchidan, mazkur fondlarga qilingan ajratmalar soliq xarakteriga ega bо‘lib, bunda soliq tо‘lovchilar bilan davlat о‘rtasida tovar-pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli fondlarga qilingan ajratmalar soliqlarga xos bо‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni tо‘lovni amalga oshirishda sub’yektlar mulk shaklining о‘zgarishi xususiyatiga egadir. Soliqqa kirmaydigan, ya’ni soliqsiz daromadlarning kо‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari kо‘rinishiga ega bо‘lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat’iy Rejalashtirilmasligi kerak, Lekin amaliyotda kо‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi tuShumlar darajasida Rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi О‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va Yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bо‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlar rо‘yxati hamma darajadagi byudjetlar uchun yagona bо‘lib, byudjet tasnifi bilan belgilanadi va о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, Shu jumladan: davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar; davlatga tyegishli aksiyalar bо‘yicha dividyendlar; davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni ijaraga berishdan, Shu jumladan qishloq xо‘jaligi va noqishloq xо‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara tо‘lovidan olingan daromadlar; vaqtinchalik bо‘sh turgan byudjet mablag’larini bank va kredit tashkilotlarida joylashtirishdan olingan daromadlar; xizmat kо‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar; davlat va mahalliy tashkilotlardan tо‘lovlar; davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkdan yoki xо‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tuShumlar. 2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bо‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, Shu jumladan: davlat mulki bо‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tuShumlar; kvartiralarni sotishdan tuShumlar; davlatning ishlab-chiqarish va noishlab-chiqarish fondlarini, transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar; musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga о‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar. 3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar. 4. YEr va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar. 5. Davlatga qarashli bо‘lmagan manbalardan kapital transfyertlar tizimlari. 6. Jarima-jazolarni qо‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, Shu jumladan: standartlar va texnik shartlardan chyetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tuShumlar summasi; narxlarni qо‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar; jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bо‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar. 7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, Shu jumladan: davlat kreditlari bо‘yicha foizlar; davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar; markazlashtirilgan eksportdan tuShumlar summasi; tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tuShumlar. 8. Boshqa turli soliqsiz tuShumlar. Byudjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga kо‘ra (muayyan darajadagi byudjetga kiritish), jalb qilish va shakllantirish usuliga kо‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tuShumlarini shakllantiradigan tо‘lovlarni undirishning konkryet asoslariga kо‘ra (davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar) tasniflanadi. Soliqlar va soliqsiz tо‘lovlarning kо‘pgina о‘xshash tomonlari bilan birga qator farqlarga ham ega. Pul mablag’larining muayyan qismi davlat xazinasiga soliqsiz tо‘lovlar tarzida kelib tushadi. Ular ham soliqlar va boshqa yig’imlar singari davlat oliy hokimiyat idorasi tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga soliqlar va soliqsiz tо‘lovlar о‘rtasida muayyan farqlar mavjud. Jumladan, bu farqlarni quyidagilardan iborat dyeb belgilash mumkin: soliqsiz tо‘lovlar soliqlardan farq qilib, ikki tomonlama huquq va burchlar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Masalan, faoliyatning muayyan turi bilan Shug’ullanish huquqini beradigan litsenziyalarni olish maqsadida belgilangan tо‘lovlarning amalga oshirilishi boshqa shartlar bajarilgani taqdirda vakolatli ruxsatnomani berishi lozim bо‘ladi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar kо‘pchilik hollarda majburiy ravishda tо‘lanmaydi. Soliq esa uni tо‘lash ob’yekti mavjud bо‘lganida tо‘lanadi; soliqlardan farq qilib, soliqsiz tо‘lovlar muayyan maqsadga mо‘ljallanadi hamda ana Shu maqsadda undan foydalanish lozim. Soliqsiz tо‘lovlar respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarida jamlanadi. Ushbu mahalliy soliq va yig’imlarning tо‘lovchilar doirasi, soliq solish ob’yektlari, soliq va yig’imlar Yuzasidan yengillik va imtiyozlar, soliq va yig’imni hisoblab chiqish va tо‘lash tartiblari mahalliy hokimiyat idoralarining bevosita о‘zlari tomonidan belgilanadi. Soliqsiz tо‘lovlar hududiy belgisiga kо‘ra: umumdavlat miqyosidagi va mahalliy tо‘lovlarga; shakllanish usuliga kо‘ra: majburiy va ixtiyoriy; jamlanish usuliga kо‘ra: davlat byudjetida yoki byudjetdan tashqari jamlanadigan turlarga bо‘linadi. Soliqsiz tо‘lovlar olinish asoslariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi: tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun tо‘lovlar. Bu tо‘lovlarning tabiiy resurslardan tyejab-tyergab, samarali foydalanishda ahamiyati kattadir; davlat idoralari tomonidan Yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy ahamiyatga ega bо‘lgan turli xizmatlar kо‘rsatishdan olinadigan tо‘lovlar. Ular jumlasiga: tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyat tufayli bojxona idoralariga tо‘lanadigan tо‘lovlar; sud va boshqa huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinganda tо‘lanadigan davlat boji; davlat rо‘yxatidan о‘tkazish, litsenziya (ruxsatnoma) olish va tovarlar uchun syertifikatlar olishdagi tо‘lovlar; bozorlar, yarmarkalar va boshqa savdo shaxobchalaridan olinadigan bir martalik patta tо‘lovlari (О‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 9 dyekabrdagi «Patta tо‘lovlari tо‘g’risida» gi Qonuni asosida); qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirish, lotyeryeya о‘yinlarini о‘tkazish uchun tо‘lovlar; davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan daromadlar; jarima tarzidagi tо‘lovlar (jarimalar, pyenyalar va boshqalar). Shunday qilib, davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tyegishli bо‘lgan mulklarni sotish va xususiylashtirish natijasida olingan daromadlarni, davlatning tashqi-iqtisodiy faoliyatidan olingan daromadlarni va xorijiy davlatlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olinadigan pul mablag’larini kiritish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, soliqsiz daromadlarning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 1. Davlatga tyegishli mulklardan foydalanish samaradorligining pasayishi natijasida davlat syektoriga tyegishli korxonalarning Moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni xususiylashtirishning zarurligi. Davlat korxonalarini xususiylashtirish ular faoliyatining Moliyaviy barqarorligini oshishiga, istye’mol bozorini tovarlar bilan tо‘ldirilishini ta’minlashga, ishsizlik muammosini hal qilishga hamda о‘rta va uzoq muddatli davriy oraliqlarda soliq tuShumlarini kо‘paytirishga syezilarli darajada hissa qо‘shadi. 2. Davlat byudjeti daromadlarining miqdorini oshirish zaruriyatining Yuzaga kelishi. Davlat byudjeti xarajatlarini syezilarli darajada о‘sishi, davlatning iqtisodiy xarajatlarini oshirish zaruriyatini paydo bо‘lishi hukumatga soliqsiz daromadlarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqarish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Ana Shu maqsadda davlatlarga tyegishli mulklarni sotish, davlatlarga tyegishli xorijiy valYutalar va nodir myetallarni xorijiy Moliya bozorlarida joylashtirish yо‘li bilan daromadlar olish va xorijiy tashkilotlarning Moliyaviy yordamlarini jalb qilish zaruriyatini Yuzaga kyeltiradi. Masalan: О‘zbekiston Respublikasida hukumatga tyegishli oltin-valYuta zahiralarining ma’lum qismi xalqaro Moliya bozorlarida muddatli dyepozit shaklida joylashtiriladi va undan foiz kо‘rinishda daromad olinadi. Bundan tashqari, soliqsiz daromadlardan davlat byudjeti dyefisyetini kamaytirish maqsadida ham faol tarzda foydalaniladi. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari daromad manbalari sifatida nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bо‘lgan daromadlar hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni mohiyatiga kо‘ra nobarqaror jarayon bо‘lib, xususiylashtirishdan olinadigan daromadlarni nobarqaror bо‘lishiga olib kyeladi; ikkinchidan, davlatga tyegishli oltin-valYuta zahiralarini bozor stavkalarida joylashtirish natijasida olinadigan daromadlar joylashtiriladigan Moliyaviy aktivlarning miqdoriga va bozor stavkalarining о‘zgarishiga bog’liq bо‘lganligi sababli ulardan olinadigan daromadlarning summasi doimiy ravishda tyebranib turadi; uchinchidan, xorijiy tashkilotlardan va davlatlardan olinadigan Moliyaviy yordamlarning miqdori ularni beruvchilar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu esa ularning miqdorini oldindan belgilash imkonini bermaydi. Xulosa qilib aytganda, soliqsiz daromadlar fiskallik va iqtisodiy funksiyalarni bajaradi. Ular daromad manbai sifatida nobarqaror bо‘lib hisoblanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling