Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.8 Mb.
bet7/112
Sana25.10.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1719765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1 mavzu Moliyaning mohiyati va

3.Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari

YAqin о‘tmishda, ya’ni shо‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va sosial taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan Moliyaviy siyosat Yurgizildi. Buning ustiga Shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol Moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada Moliyaviy munosabatlarning roli buzib kо‘rsatildi. Moliya va Moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, Moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib kyeldi.


О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga Yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi, Moliya va Moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga tо‘g’ri kyeldi. Belgilangan stratyegik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika Yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yо‘lidan og’ishmay amalga oshirilmoqda.
О‘zbekistonda Moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjetidagi dyefisitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida (YAIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq Moliyaviy siyosatni amalga oshirish;

  • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni ta’minlash;

  • ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi Moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • ijtimoiy himoyaning adryesli bо‘lishiga, Moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;

  • Davlat byudjeti va korxonalar Moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;

  • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:

- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, Moliyaviy va mehnat resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq Yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va Shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq tuShumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.

  • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bо‘lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar о‘rtasida aniq chyegara о‘tkazish;

  • Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

  • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tyegishli Moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • va boshqalar.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining о‘zgargan sharoitlariga tyezda moslasha bilishini ta’minlash, о‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni о‘z vaqtida topa bilish, stratyegik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag’larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning Moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondaShuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning adryesliligini ta’minlashga о‘tish kabi tadbirlar kiradi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat Moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. Moliya stratyegiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga Yuboriladigan Moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bо‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoShuvda ham namoyon bо‘ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini Moliya resurslardan samarali foydalanish yо‘nalishlarini belgilaydi.
Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, Shuningdyek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indyeksasiyalash vositasida (yordamida), ya’ni, byudjet mablag’lari hisobiga, ba’zan esa kompyensasiyalarni istye’mol indyeksiga mufoviq oshirish yо‘li bilan ta’minlanadi.
Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga Moliyaviy ta’sir о‘tkazishning asosiy uslublari bо‘lib, soliq solish, Moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, Moliyalashtirish, Moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyot hozirgi bosqichining Moliya siyosati Moliya stratyegiyasi talablari asosida va Yuzaga kyelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Xо‘jalik Yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tyejash, mahsulot assortimyenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yо‘lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik kо‘rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladigan Moliya resurslarining о‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat kо‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit о‘zgarishi bilan davlat xarajatlari doimo о‘sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi Moliya siyosati davlat Moliya resurslarining muntazam о‘sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni nazarda tutadi.
Byudjetga tushayotgan tо‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xо‘jalik bug’inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan Moliya siyosatining hayotga tatbiq etilishini talab qiladi.
Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan о‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, Shuningdyek, Yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan «vyertikal» uslubga qarama-qarshi Moliyaviy resurslarni Moliya bozori orqali «gorizantal» qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag’larning о‘tkazib turilishi esa Moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi.
Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va jamg’armalarini jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligasiyalari va xazina bilyetlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini kо‘paytiradi.
Moliyaviy siyosat real Moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi zarur. Sarflar (xarajatlar) Moliya resurslarining kо‘payganidagina о‘sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni Moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va Moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga о‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak.
Moliyaviy siyosatning tubdan о‘zgarishiga mos ravishda Moliya mexanizmi ham qayta qurilmog’i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, Moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish nyegizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xо‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini oshirish uchun alohida Moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati yо‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, Moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xо‘jalik Moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g’amxо‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning о‘zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini Moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qо‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig’ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni Moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Xо‘jalik shartnomalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat paramyetrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bо‘yicha talablarning sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun Moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar oldidagi Moliyaviy majburiyatlarni о‘z vaqtida bajarmaslik yoki tо‘liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish ob’yektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik Moliya nazorati keng rivoj topmog’i lozim.
Aholiga ijtimoiy xizmat kо‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xо‘jalik mexanizmi joriy etilgan. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat kо‘rsatish, xо‘jalik faoliyati bilan Shug’ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi berilgan.
Davlat Moliya mexanizmiga tub о‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga о‘tkazildi, byudjet buromadlari tarkibi va byudjetdan Moliyalashtirish tizimi butunlay о‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug’urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib kyeldi: koopyerativ (shirkat) sug’urtasi rivojlanyapti, aksionyerlik sug’urta jamiyatlari vujudga kyelyapti, sug’urtaning yangi turlari paydo bо‘layapti.
Moliya mexanizmini qayta qurish jarayoni tyegishli bazani (asosni) yaratish bilan birga sodir bо‘layotir. Oxirgi yillarda Moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yaratadigan qator qonunlar va boshqa mye’yoriy hujjatlar qabul qilindi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling