Byudjet krediti. Hozirgi paytda sarflangan mablag’lari byudjetga qaytadan qaytarilmaydigan (tiklanmaydigan) byudjetdan Moliyalashtirish bilan bir qatorda byudjet kreditlarini berish orqali (vositasida) korxonalarni kreditlashtirish rivojlana boshladi. Byudjet kreditlari tijorat banklari kreditlari va byudjet assignovaniyalari о‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Bir tomondan, byudjetdan Moliyalashtirishdan farqli ravishda bu kreditlar qaytarilish va tiklanish sharti bilan berilsa, ikkinchi tomondan, bu ssudalar bо‘yicha foizlar umuman olinmaydi yoki olinsa, ularning darajasi bank kreditlarining foizlari darajasidan ancha pastdir.
Byudjet kreditlari davlat korxonalariga va Shuningdyek, xususiy Yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin. Birinchi holatda byudjet kreditlari byudjetda kо‘zda tutilgan limitlar chyegarasida va shartlarda taqdim etiladi. Ikkinchi holatda esa byudjet krediti shartnoma asosida va faqat qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish bо‘yicha о‘z majburiyatini bajarish borasida ta’minot ta’minlangan shartdagina berilishi mumkin. Byudjet kreditini qaytarish bо‘yicha majburiyatni ijro etishni ta’minlashning usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan kam bо‘lmagan miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi, Shu jumladan aksiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar, badallar kо‘rishidagi garovlar va boshqalar bо‘lishi mumkin. Majburiyatlarni ijro etish ta’minoti Yuqori darajadagi likvidlikka ega bо‘lgan bо‘lishi kerak. Moliya organlari tomonidan qarz oluvchi Moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan tekshirishning amalga oshirilishi va oldin berilgan byudjet kreditlari bо‘yicha muddat о‘tkazib Yuborilgan qarzlarning mavjud emasligi byudjet kreditlarini taqdim etishning majburiy shartlaridir.
Navbatdagi yil uchun byudjet tasdiqlanayotgan paytda byudjet kreditlari berilayotgan maqsadlar, ularni taqdim etishning shartlari va tartibi kо‘rsatiladi. Bir vaqtning о‘zida, ana Shular bilan birgalikda byudjet yili doirasidagi muddatda va undan chyetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin bо‘lgan byudjet kreditlarining limitlari hamda qarz oluvchi sub’yektlar bо‘yicha cheklanmalar о‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |